Xalqaro press klub yana bir tashabbusga qo‘l o‘rdi. Milliy sportimiz bo‘lgan kurashni ommalashtirish va uning xalqaro maydonda keng targ‘ib etishda tegishli tashkilotlar bilan doimiy hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

Bu haqda Xalqaro press klub mutasaddilari kuni kecha Xalqaro kurash assotsiatsiyasi(IKA), Osiyo-Okeaniya Kurash konfederatsiyasi, Xalqaro kurash instituti, O‘zbekiston kurash federatsiyasi va OAV vakillari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida  ta’kidlashdi.

Qayd etilganidek, 2022 yil davomida kurashni xalqaro maydonda yanada rivojlantirish borasida o‘nlab nufuzli musobaqalar tashkil etiladi.

Jumladan, O‘zbekistonda mart oyida  kattalar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati tashkil etilsa, sentyabr oyida Xitoyning Guanjou shahrida o‘tadigan Yozgi Osiyo o‘yinlarida bobomeros sportimiz yana bir karra qit’a yoshlarini o‘z tegrasida jamlaydi.

Aytish lozimki, 2018 yilgi yozgi Osiyo o‘yinlarida kurash bo‘yicha ilk bor musobaqalar o‘tkazilgandi.

Noyabr oyida esa Hindistonda kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, joriy yil yurtimizda va Yevropaning bir qator davlatlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro turnirlar, Kurash murabbiylari va hakamlar uchun seminarlar tashkil etiladi.

Muhokamalarda mazkur musobaqalarni yuqori darajada tashkil etish, o‘tkazilajak kurash musobaqalari milliy qadriyatlarimiz targ‘ibotiga xizmat qilishi, unda Yangi O‘zbekistonning yangicha tamoyillari aks etishi kabi masalalar xususida fikr yuritildi.

O‘tgan davrdagi yutuqlar qatori, yechimini kutayotgan masalalarni bosqichma-bosqich hal etish, o‘tkazilmay qolingan turnirlarni tiklash, kurash musobaqalari geografiyasini kengaytirish lozimligi aytib o‘tildi.

E’tiborlisi, mamlakatimizning mustaqillikka erishishi, davlatimizning har tomonlama qo‘llab-quvvatlashi natijasida milliy sportimiz xalqaro maydonga yuz tutdi. Dunyo tan oldi. 130 dan ziyod davlatlarda kurash federatsiyalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekiston hukumatining qo‘llab-quvvatlashi va Xalqaro kurash assotsiatsiya rahbariyati sa’y-harakati bilan kurash qisqa fursatda “kichik olimpiada” maqomidagi qit’a o‘yinlarining barcha dasturlaridan o‘rin egalladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 noyabrdagi “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida assotsiatsiya va uning tarkibidagi milliy federatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, professional kurashchi va mutaxassislarni tayyorlash, kurash sportini yanada ommalashtirish, respublika va xalqaro media maydonda keng targ‘ib qilish bilan kelajakda uni Olimpiya o‘yinlari dusturiga kiritish borasida manzilli chora-tadbirlar belgilab berilgan.

Yig‘ilish davomida Xalqaro press klub tomonidan kurashni keng targ‘ib qilish, ommalashtirish bo‘yicha Osiyo-Okeaniya kurash konfederatsiyasi va O‘zbekiston kurash federatsiyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2022 yilda kurash bo‘yicha qanday musobaqalar o‘tkaziladi?