Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdan tashqari kongressi va o‘zbek futbolining 2021 yil yakunlariga bag‘ishlangan “UZ Football Awards-2021” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Kongressning eng muhim qarori yaqin o‘tmishning futbol yulduzi, milliy terma jamoamizning ko‘p yillik yetakchisi, futbolchilik faoliyatini yaqindagini yakunlagan Odil Ahmedovning O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidentligiga saylanishi bo‘ldi. Kongressda shuningdek, O‘FA Ijroiya qo‘mitasi a’zoligiga besh nafar yangi a’zo tasdiqlandi. Bular,
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Rustam Shaabduraxmonov, O‘zbekiston Respublikasining Turizm va sport vaziri birinchi o‘rinbosari Avaz Karimov, “O‘zbekneftgaz” Aksioner Jamiyati Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Kozimjon Kamilov, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi Alisher Xodjayev.
“ZO‘R TV” telekanali binosida tashkillashtirilgan taqdirlash marosimida quyidagi nominatsiyalar g‘oliblari e’lon qilindi va taqdirlandi:
O‘zbek futboli nuroniysi - Axbor IMOMXO‘JAEV, Sport jurnalistikasi darg‘asi, o‘zbek sport sharhlovchiligining asoschisi.
Fidoyilik ramzi - Sadri NOSIROV, 77 yoshni qarshi olgan bu inson 60 yildan buyon Samarqanddagi “Dinamo” stadioni maysasini parvarish qiladi.
Jasorat sovrini - O‘zbekiston kar-soqovlar terma jamoasi, Eron mezbonlik qilgan surdlipiya o‘yinlarining Osiyo va Tinch okeani mintaqasi saralashida ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni egalladi va kelasi yil Braziliya mezbonlik qiladigan yozgi surdlimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Eng yaxshi futbol jurnalisti - Faxriddin Ro‘ziyev, “Championat.asia”sayti jurnalisti.
Eng yaxshi hududiy assotsiatsiya - Qoraqalpog‘iston FA
Muxlislar mehri - "Andijon" fan-klubi
Yilning eng yaxshi futzal murabbiyi - Bahodir Ahmedov, O‘zbekiston futzal terma jamoasi va “Huaxin-Jizzax” klubining bosh murabbiyi.
Yilning eng yaxshi futzalchisi - Dilshod Rahmatov, Futzal bo‘yicha Jahon chempionatida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilgan.
Ayollar Oliy ligasining to‘purari - Diyora Xabibullayeva, “So‘g‘diyona-W” jamoasi safida joriy mavsum 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 32 ta gol urishning uddasidan chiqa oldi.
Ayollar Oliy ligasining eng yaxshi murabbiyi - Sherali Boboqulov, “So‘g‘diyona-W” jamoasi bilan birgalikda Oliy Liga oltin medali va O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi.
Ayollar Oliy ligasining eng yaxshi futbolchisi - Diyora Xabibullayeva, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi va “So‘g‘diyona-W” jamoasi a’zosi.
Pro liganing eng yaxshi futbolchisi - Marko Obradovich, “Neftchi” klubining joriy mavsumda 19 ta o‘yinida ishtirok etib, 12 ta gol kiritgan holda jamoani Superligaga qaytishiga katta hissa qo‘shdi.
Minnatdorchilik ramzi - Ravshanxon Jo‘rayeva, Pro liga translyatsiyalari uchun Uzreport TV va Futbol TV telekanallari bosh direktori.
Yilning eng yaxshi hakami - Ilgiz Tantashev, 2021 yilda Osiyo chempionlar ligasi, Jahon chempionati saralashining eng muhim uchrashuvlari, shuningdek, Saudiya Arabistoni va Kuvayt chempionatlari bahslarida ishlagan hakam.
Coca-Cola Superligasining eng chiroyli goli - Bilolxon Toshmirzayev, 16-tur doirasidagi “Lokomotiv” va “Turon“ uchrashuvida mehmonlar futbolchisi maydon markazidan kiritilgan goli uchun.
Coca-Cola Superligasi-2021 to‘purari - Dragan Cheran , “Paxtakor” a’zosi, 16ta gol bilan chempionat to‘purariga aylandi.
Coca-Cola Superligasining eng eng yaxshi murabbiyi - Piter Xyuistra, Coca-Cola Superligasining ushbu mavsum chempioni va O‘zbekiston Superkubogi g‘olibi.
Coca-Cola Superligasining eng yaxshi futbolchisi - Husayin Norchayev, “Nasaf” safida 26 ta o‘yinda ishtirok etib, 13 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi, O‘zbekiston kubogi sohibi.
Eng yaxshi yoshlar murabbiyi - A’zam Sherg‘oziyev, AGMK U-21 jamoasi bosh murabbiyi, mamlakat chempioni.
Yosh yulduz - Husayin Norchayev, O‘zbekiston milliy va U-23 terma jamoasi hamda “Nasaf” klubi futbolchisi.
Yilning eng yaxshi ayollar murabbiyi - Ilhom Hanjariyev, AGMK-W hamda ayollar futboli bo‘yicha yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi.
Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi - Dildora Nozimova, “Bunyodkor” ayollar jamoasi bilan birgalikda klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston sharafini munosib qildi.
O‘zbekistonning eng yaxshi murabbiyi - Ro‘ziqul Berdiyev, “Nasaf” klubi OFK kubogining finaligacha yetib bordi, mamlakat kubogining g‘olibiga aylandi.
Coca-Cola Superligasi-2021 ramziy terma jamoasi:
Darvozabon - O‘tkir Yusupov ("Navbahor")
Himoyachilar - Marko Kolakovich ("So‘g‘diyona"), Husniddin Aliqulov ("Nasaf"), Anzur Ismoilov ("Paxtakor"), Sherzod Nasrullayev ("Nasaf")
Yarim himoyachilar - Erkin Baydullayev ("Qizilqum"), Dragan Cheran ("Paxtakor"), Sanjar Tursunov (AGMK)
Hujumchilar - Husayn Norchayev ("Nasaf"), Azizbek Amonov ("Lokomotiv"), Shohruz Norxonov ("So‘g‘diyona")Bosh
murabbiy: Ulug‘bek Baqoyev ("So‘g‘diyona").
O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi - Eldor Shomurodov, O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Italiyaning “Roma” klubi hujumchisi.