Internet rivojlangan sari xakerlar faoliyati, kiberhujumlar muammosi, ma’lumot, hisob raqamlardan mablag‘ o‘g‘irlash, saytlarni buzib kirish, kommunikatsiya aloqalarini izdan chiqarishga urinishlar kengaysa kengayadiki, aslo to‘xtamaydi.

Ekspertlar qancha ogohlantirmasin, xakerlar hujumlari qurboni bo‘layotgan kompaniyalar, hukumat saytlari, siyosatchilar, taniqli shaxslar haqidagi xabarlar bot-bot quloqqa chalinadi. Kelasi yilda ham bu to‘xtamasligi aniq. Buni ekspertlar ham tasdiqlamoqda.

Check Point Software Technologies kompaniyasining Rossiya va MDHdagi vakolatxonasi rahbari Vasiliy Dyagilev “RIA Novosti”ga bergan intervyusida 2021 yilda kiberhujumlar asosan qaysi yo‘nalishlarda bo‘lishi mumkinligi haqida o‘z mulohazalarini bildirdi.

– COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq mavzusida fishing jo‘natmalar, masofaviy ta’lim tizimiga hujumlar va kiberjosuslik 2021 yilda ham trendga aylanadi, dedi u. – Koronavirus pandemiyasi 2021 yilda ham hayotimizga, biznes va jamiyatga ta’sir etishda davom etadi, ushbu jarayon yil bo‘yi turli ko‘rinishda kuchayib sekinlashishi mumkin.

COVID-19 hali-beri trenddan tushmaydi, vaksina yaratish, uni ishlab chiqarish, qo‘llash hamda yangi cheklovlar joriy qilinishi haqidagi maqolalar 2020 yildagidek fishingli hujumlarda qo‘llanilishda davom etadi. Vaksina ishlab chiqarish bilan shug‘ullanayotgan farmatsevtika kompaniyalar kelasi yil ham muammoni chuqurlashtirishdan manfaatdor tovlamachilar yoki xakerlar hujumiga duch keladi.

2021 yilda eng ko‘p kiberhujumga uchraydigan sohalardan biri, bu masofaviy ta’lim tizimidir, deyiladi intervyuda. Xavotirli tomoni shundaki, kiberbuzg‘unchilik qilishda maktab o‘quvchilari ham ishtirok etadi. Chunki maktablar va universitetlar masofaviy ta’lim olish uchun turli platformalardan faol foydalana boshladi.

Shu bois 2020 yil avgust oyida, yangi o‘quv yili boshlanishi arafasida kiberbuzg‘unchiliklar, jumladan, xakerlar tomonidan hujumlar bir haftada 30 foizga oshganiga ajablanmasa ham bo‘ladi. Kelgusi yilda ham "maktab bezorilari" masofaviy ta’lim tizimiga hujum qilishda davom etadi.

Maqola muallifining fikricha, 2021 yilda josuslik maqsadida uyushtiriladigan kiberhujumlar ham ko‘payadi. Davlatlar josuslik yoki boshqa mamlakatlarda yuz berayotgan voqealarga aralashish uchun kiberhujumlarni davom ettiradi.

Dunyo ahli uzoq kutgan 5G-texnologiyasi hademay hayotimizga kirib keladi. Uning ishga tushirilishi va yuqori tezlikdagi initernet imkoniyatlari firibgarlar va xakerlar uchun ayni muddaodir. Chunki hujum qilish va tarmoqlarni uzib qo‘yish uchun katta imkoniyatlar ochiladi.

Masalan, insonning sog‘ligini kuzatib borishga yordam beradigan qurilma foydalanuvchining kayfiyati haqidagi ma’lumotlarni ham uzatadi. "Internetning avtomobilga qo‘shilishi" esa, uning harakatini kuzatadi, “aqlli shahar” tizimi har birimizning hayotimiz haqida ma’lumotlarni to‘play boshlaydi. Shunday ekan, 5G qurilmasi orqali keladigan ko‘p miqdordagi ma’lumotlar oqimining xavfsizligi va maxfiyligini ta’minlash uchun uni buzib kirishdan himoya qilish lozim, – deydi ekspert.

Internet xavfsizligi haqida gap ketar ekan, beixtiyor xavfsizlikka putur yetkazadigan xakerlar bir joyda jimgina qo‘l qovushtirib turmaganini yoddan chiqarmaslik kerak. Texnologiyalar qancha rivojlanmasin, unga qarshi ishlatilayotgan texnologiyalar ham parallel ravishda rivojanayotganini inkor etolmaymiz. Bu go‘yo yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi abadiy kurash kabi bir zum ham to‘xtamaydigan jarayonga o‘xshaydi.

Saidmurod RAHIMOV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2021 yilda kiberhujumlar qaysi yo‘nalishlarda ko‘p sodir bo‘ladi?