Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida 2025 yilgi Davlat byudjeti loyihasi deputatlar tomonidan keng muhokama qilinib, bir qator savol va takliflar bildirildi.

Jumladan, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Azamat Pardayev davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga berilgan soliq imtiyozlari va ajratilgan subsidiyalarning natijadorligi, bu imtiyozlar ta’lim sohasida raqobatdoshlikni oshirish hamda ta’lim sifatini yaxshilashga nechog‘lik ta’sir ko‘rsatayotgani bilan qiziqdi.  

Deputatning savoliga tegishli mutasaddi vakil tomonidan quyidagicha javob berildi:  

—  2018 yilda Prezident qarori bilan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida imtiyozlar, subsidiyalar berish yo‘lga qo‘yilgan edi. Hozirgi kunda 3-7 yoshgacha bo‘lgan bolalar 3 milliodan oshgan bo‘lsa, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrov 2 million 300 mingni tashkil etmoqda. Shundan 937 mingi nodavlat sektorga to‘g‘ri keladi.  

2018 yildan buyon 31 mingta nodavlat bog‘cha tashkil etildi. 1,5 mingta davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda 29 mingga yaqin oilaviy bog‘cha tashkil qilindi. 2018 yildan buyon o‘tgan 6 yil davomida bu yo‘nalishga taxminan 13 trillion so‘mga yaqin subsidiya va imtiyozli mablag‘ sarflangan. Buning evaziga 31 mingdan ortiq sub’ekt hamda 937 ming nafar bola qamroviga erishildi. Bu 3 million bolaning 31 foizini tashkil etadi. Qolaversa, xususiy bog‘chalarda yangi ish o‘rinlari ham yaratildi.  

Shuningdek, ta’lim sifati va samaradorligi qay darajada ekani bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishi ta’kidlandi.  

M.Komilova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2018 yildan buyon 31 mingta nodavlat bog‘cha tashkil etilgan