Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida kungaboqar yetishtirish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
Kungaboqar – asosiy moyli ekinlardan hisoblanib, ushbu o‘simlik moyi oziq-ovqatdan tashqari tibbiyot, kosmetologiya, parfyumeriya va qurilish sohalarida qo‘llaniladi. Urug‘idan moy olinganidan keyin qoladigan chiqindilari hamda kungaboqar savati (gulto‘plami) chorva mollariga yaxshi ozuqa sifatida ahamiyatli. Poyasidan o‘tin sifatida foydalaniladi.
[gallery-3909]
Joriy yilda tumanda 3000 gektar maydonga kungaboqar ekildi. Xususan, Namuna mahallasining 150 gektar maydonida ushbu o‘simlik yetishtirilmoqda. Kungaboqar ekilgan maydonning qator oralarida dukkakli ekin ham qadalgani yerdan unumli foydalanish imkonini beradi.
– Har yili mavsumda kungaboqar yetishtirib, yog‘ ishlab chiqarish uchun topshiramiz, - deydi ushbu mahallada istiqomat qiluvchi Hosiyatxon G‘aniyeva. – Bu yil bizga 20 sotix yer berildi. Mazkur maydondan 300 kilogramm hosil yetishtirishni ko‘zlaganmiz. Bu esa bir yilda 20 sotix yerdan 5-6 million daromad olishimiz mumkin, degani.
O‘zA fotomuxbiri
Hotam MAMADALIEV olgan suratlar.