Olmaliq shahridagi “Metallurg” madaniyat saroyida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 2-sonli Mis boyitish fabrikasining 70 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir avvalida fabrika tarixi va faoliyatiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi.

“Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov, qutlug‘ sana va davlatimiz mustaqilligining 33 yilligi ayyomi bilan fabrika ishchi-xodimlarini, mehnat faxriylarini muborakbod etdi. 2-Mis boyitish fabrikasi ishlab chiqarish prognozlarini bajarilishida doimo ilg‘or ekanligini ta’kidladi.  

Yubiley tantanasiga tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari Kengashi raisi Aleksandr Farmanov va “Navoiy KMK” AJ Investitsiyalar departamenti boshlig‘i Ne’mat Ro‘ziyevlar fabrika mehnat jamoasiga o‘zlarining dil so‘zlarini bildirdi. Tadbir davomida OKMK boshqaruvi raisi A.Xursanovning buyrug‘iga ko‘ra 2-Mis boyitish fabrikasining 70 yilligi munosabati bilan 6 nafar ishchi-xodimlar turli darajadagi “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni 15 nafari esa Faxriy yorliq, 15 nafari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, 51 yil davomida fabrikada mehnat qilgan, hozirda keksalik gashtini surayotgan To‘lqin ota Qo‘chqorov va fabrika ishchisi Abdunabi Usmonovga O‘zbekiston Respublikasi Konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari Kengashi tomonidan “Faol faxriy” ko‘krak nishoni topshirildi.

“Metallurg” madaniyat saroyining havaskorlik jamoalari tomonidan namoyish etilgan konsert dasturi bayramga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. Ayniqsa, estrada xonandalari Vohidjon Isoqov, Yodgor Mirzajonov hamda Sharof Muqimovlarning chiqishlari barchani raqsga chorladi.

Ma’lumot uchun: 2-Mis boyitish fabrikasining tarixi 1954 yil aprel oyidan, ya’ni qo‘rg‘oshin-ruxni qayta ishlash fabrikasining birinchi texnologik bo‘linmasi ishga tushgan vaqtdan boshlanadi. 1956 yil may oyiga qadar jami beshta bo‘linma foydalanishga topshirilib, o‘sha davrda mamlakat bo‘yicha qo‘rg‘oshin-rux ma’danlarini qayta ishlovchi eng yirik boyitish korxonasi hisoblangan. Fabrika 2004 yildan boshlab Sariq-Cho‘qqi konining mis-molibden ma’danlarini va Mis eritish zavodining toshqollarini qayta ishlashga o‘tkazilgan. Texnologik sikl va qayta ishlanadigan xom-ashyo manbaidagi o‘zgarishlarni inobatga olib, 2011 yil 1 avgustdan boshlab fabrika 2-Mis boyitish fabrikasi deb atalmoqda.

Fabrikaning 70 yillik faoliyati davomida 139,2 million tonna qo‘rg‘oshin-rux va 46,5 million tonna mis-molibden ma’danlari qayta ishlangan. Ishlab chiqarilgan konsentratlar tarkibidagi qo‘rg‘oshin 1338 ming tonnani, rux 1352 ming tonnani, mis 432,8 ming tonnani tashkil etdi.

So‘nggi yillarda fabrikaning ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish maqsadida keng ko‘lamli modernizatsiya ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, yangi filtrlash sexi qurildi, bo‘linmalardagi manometr, reagent dozatorlari zamonaviylariga almashtirildi. Yanchish va flotatsiyalash bo‘limidagi eskirgan magistral quvurlar to‘liq yangilandi.  

Hozirda fabrikada yiliga 10 million tonna xomashyo qayta ishlanadi. Texnologik liniyalarni modernizatsiya qilish ishlari davom etmoqda.

OKMK Axborot xizmati,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2-Mis boyitish fabrikasi 70 yoshda