2 mingdan ortiq iste’molchining huquqlari ta’minlandi
Raqobat qo‘mitasi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bilan hamkorlikda Xovos tumanida "Sirdaryo suv ta’minoti" AJ tomonidan iste’molchilarga yetkazib berilayotgan ichimlik suvi sifatining iste’molga yaroqliligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Olib borilgan o‘rganishlar davomida ichimlik suvidan olingan namunalarni tekshirish natijasida Xovos tumanida jami 6 ta MFYda 1 ming 248 ta iste’molchiga hamda ushbu hududda joylashgan 17- va 6- sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablariga sifatsiz ichimlik suvi yetkazib berilgani aniqlandi. Bunda O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni 4, 12, 19-20-moddalari talablari buzilgan.
Natijada hududiy boshqarma tomonidan "Sirdaryo suv ta’minoti" AJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, mablag‘larni qayta hisob-kitob qilish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi. Shu bilan 2 mingdan ortiq iste’molchining huquqlari tiklanishi ta’minlandi.
N.Rahmonova,
O‘zA