2 million dollarlik shartnoma imzolandi
Boshqirdiston bilan o‘rnatilgan hamkorlik aloqalari natijasida Kegeyli tumanida faoliyat olib boruvchi “Kegeyli tex group” hamda Ufa shahridagi “Ideakom” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari o‘rtasida 2 million AQSH dollarlik shartnoma imzolandi.
Joriy yilning 13-14 iyul kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev rahbarligidagi delegatsiya Boshqirdiston Respublikasining Ufa shahrida biznes safarida bo‘lib, mahalliy tadbirkorlar bilan hamkorlik qilish bo‘yicha muzokaralar olib borgan edi. Tashkil etilgan biznes tadbirlari davomida Boshqirdistonlik tadbirkorlar Qoraqalpog‘istonda yetishtirilgan va ishlab chiqarilgan mahsulotlarga alohida qiziqish bildirdi. “Kegeyli tex group” hamda “Ideakom” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari o‘rtasidagi imzolangan hamkorlik shartnomasi shular jumlasidandir.

Orolbo‘yi tadbirkorlarining xorijiy korxonalar bilan sheriklik aloqalarini o‘rnatishi yurtimiz iqtisodiyoti taraqqiyotiga bevosita o‘z hissasini qo‘shadi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri