Bu yana nimasi bo‘ldi deysizmi?

Har yili mamlakatimizda 2-10 yoshli bolalarni ichak gelmintozidan ommaviy davolash samaradorligini baholash uchun davolashdan oldin va keyin laboratoriya tekshiruvlari o‘tkaziladi. 

Ushbu tadbirlar 2020 yil 10 noyabrdagi “Aholining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi hamda 2021 yil 26 iyuldagi “Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qarorlari ijrosi doirasida amalga oshiriladi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 2023 yil oxirigacha ya’ni, oktyabr-noyabr oylarida 2-10 yoshli bolalar uchun degelmintizatsiyaning navbatdagi bosqichini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ushbu muolaja oldidan respublikamizning barcha hududlarida 2023 yil sentyabr oyida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining ko‘rsatma xati asosida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va maktablarning 1-4 sinf o‘quvchilari gelmintozlarga laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazildi.

Ushbu chora-tadbirlar samaradorligini baholash maqsadida degelmintizatsiya tadbirlaridan ikki haftadan so‘ng xuddi shu kontingentlar orasida laboratoriya tekshiruvlari qayta amalga oshiriladi. Ya’ni, degelmintizatsiyadan oldin va keyin bolalarda ichak gelmintozlari bilan kasallanish darajasi o‘rganiladi.

Ta’kidlanishicha, o‘tgan yillarda o‘tkazilgan bunday tadqiqotlar o‘z samarasini ko‘rsatdi, ya’ni gelmintlar bilan kasallanish 3-4 martaga kamaydi.

Gelmintoz nima yoki qanday kasallik?

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi Chilonzor tuman bo‘limi parazitologiya bo‘linmasi mudiri Nigora Usmonovaning tushuntirishicha, gelmintoz inson tanasida, asosan bolalarda gelmintlarning, qurtlarning parazitlanishi oqibatida kelib chiqadigan kasallik hisoblanadi.

– Yilda ikki marta 2-10 yoshli uyushgan va uyushmagan bolalar o‘rtasida gelmintoz kasalliklarini yo‘q qilish yoki kamaytirishga qaratilgan ommaviy degelmintizatsiya tadbirlari o‘tkaziladi, – deydi Nigora Usmonova. – Ommaviy degelmintizatsiya tadbirlarida har bir ta’lim muassasasi, ya’ni maktablar, davlat maktabgacha ta’lim muassasalari, shuningdek oilaviy poliklinikalarda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan targ‘ibot-tushuntirish ishlari o‘tkaziladi. 

Laborator tekshiruvlardan so‘ng bolalarga gelmintoz kasalligiga qarshi dori vositalari – tabletkalar beriladi.

– Bu dori vositalari qanchalik ishonchli? Namangandagidek (yod bilan bog‘liq) holat bo‘lmasligiga kafolat bormi?

– Bu dori vositalari barchasining litsenziyasi, sertifikatlari bor. Bu birinchi yil emas, bir necha yil davomida olib borilayotgan tadbir. Shu paytgacha bu dorilarni ichgan bolalar o‘rtasida hech qanday salbiy tasirlar bo‘lmagan.

– Ota-onalar farzandlariga gelmintoz kasalligiga qarshi dori vositalari berilishiga rozilik bildirmasa, qanday yo‘l tutiladi?

– Degelmintizatsiya tadbirlaridan oldin ota-onalarga bolalarga beriladigan dori preparati to‘g‘risida ma’lumot beriladi. Ularning roziligi asosida dori vositalari tarqatiladi.

Ota-onalarni bu dori preparatini ichgandan keyin organizmga salbiy ta’sirlari bo‘ladimi, yo‘qmi degan savollar o‘ylantirishi tabiiy. Shu paytgacha hech qanday salbiy ta’sir kuzatilmagan. Dori vositasi bolalarga ertalabki nonushtadan keyin maktab yoki bog‘chada yoki ota-onalar tomonidan poliklinikaga olib chiqilib, iliq suv bilan ichiriladi. Mabodo, bolada qorin og‘rig‘i yoki boshqa salbiy holatlar kuzatilsa, pediatr yoki oilaviy shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Tushuntirish ishlaridan so‘ng ham ota-onalar farzandlarining dori preparatini qabul qilishiga qarshilik qilsa, bu bolalarning dori ichishi majburiy emas.

Mohigul Qosimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2-10 yoshli bolalar o‘rtasida ommaviy degelmintizatsiya tadbirlari o‘tkaziladi