1920–1930-yillarda Samarqand viloyatida aholi tarkibi, savodxonlik va migratsiya jarayonlari tahlili (xotin-qizlar misolida)
Saodat Bozorboyevna ABDUJABBOROVA tayanch doktorant Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Samarqand, O‘zbekiston e-mail: sabdujabborova1@gmail.com
Annotatsiya
Ushbu maqolada 1920–1930-yillarda Samarqand viloyatida aholi sonining o‘sishi, migratsiya jarayonlari, milliy tarkib, jinsiy nisbat hamda savodxonlik darajasi statistik ma’lumotlar asosida o‘rganilgan. Ayniqsa, xotin-qizlarning savodxonlik darajasi erkaklarga nisbatan ancha past bo‘lganligi, bunga esa ijtimoiy-madaniy omillar, an’anaviy qarashlar va mavjud cheklovlar sabab bo‘lgani yoritilgan. Shuningdek, Sovet hokimiyatining dastlabki yillarida amalga oshirilgan siyosiy va ijtimoiy islohotlarning ayollar hayotiga ta’siri ochib berilgan. Tadqiqot natijalari Samarqand viloyatining ko‘pmillatli tarkibi va demografik rivojlanishida ayollarning o‘rni muhim ekanligini ko‘rsatadi.
Tayanch so‘zlar: Samarqand viloyati, ayollar, demografiya, savodxonlik, migratsiya, milliy tarkib, Sovet davri, aholi o‘sishi.