FOTOREPORTAJ

Joriy yilning 24 iyulidan 3 avgustiga qadar mamlakatimizda ilk bor voleybol bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazilmoqda. 

Mazkur musobaqa yosh voleybolchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan eng nufuzli turnir hisoblanib, O‘zbekiston sporti, ayniqsa, voleybolining xalqaro miqyosdagi o‘rnini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu munosabat bilan bugun poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

[gallery-24342]

Jahon birinchiligi doirasida 24 ta davlatdan 288 nafar yosh voleybolchi ishtirok etadi. Musobaqani o‘tkazish uchun 56 nafar xalqaro, 50 nafar mahalliy hakam, shuningdek, 80 nafar texnik mutaxassis jalb etiladi. Turnir logistikasi uchun esa 30 ta avtobus, 6 ta mikroavtobus va 30 ta avtomobil safarbar etilishi rejalashtirilgan.

U19 jahon chempionatining uchrashuvlari Yunusobod tumanida joylashgan “Saxovat sport servis” sport majmuasi hamda O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport universitetining 1- va 2-zallarida o‘tkaziladi.

Ishtirokchi davlatlar 4 ta guruhga bo‘lingan holda uchrashuvlar olib boradi:

A guruh: O‘zbekiston, Belgiya, Argentina, Puerto-Riko, Pokiston, Turkiya

B guruh: Fransiya, Bolgariya, Yaponiya, Xitoy, Jazoir, Kanada

S guruh: Eron, Italiya, Misr, Tunis, Polsha, Ispaniya

D guruh: AQSH, Janubiy Koreya, Braziliya, Kolumbiya, Kuba, Finlyandiya.

Matbuot anjumanida Sport hamda Ichki ishlar vazirliklari, Voleybol federatsiyasi mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
19 yoshli voleybolchilarimiz jahon chempionatida ishtirok etadi