18 oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 18 oktyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-10, kunduzi 15-17 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-bo‘ronlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-bo‘ronlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-bo‘ronlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 9-14, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-bo‘ronlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Muhim hodisalar
Joriy yilning 17 oktyabr kuni O‘zbekistonning shimoliy, 18-19 oktyabr kunlari qolgan hududlariga Volgabo‘yi orqali Rossiyaning Yevropa qismidagi markaziy tumanlari (Moskva viloyati) ustida shakllangan sovuq va nam havo oqimi kirib keladi.
Havo harorati 8-10 darajaga pasayib ketishi kutilmoqda.
17-19 oktyabr kunlari havo harorati kechasi 3-8 darajagacha iliq, respublikamiz shimolining ayrim joylarida 0-2 daraja sovuq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
17-19 oktyabr kunlari respublikamizning ayrim joylarida yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li tumanlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi (yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi) mumkin.
17-18 oktyabr kunlari respublikamizning ayrim joylarida shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.
O‘zA