Bilamizki muzeylar xalqimizning tarixiy, ilmiy-madaniy va ma’naviy qadriyatlarini to‘plovchi, saqlovchi va namoyish etuvchi ziyo maskani hisoblanadi.

Muzeyning muhim vazifalaridan biri asrlar davomida to‘plangan boy moddiy va manaviy merosni xalqimiz orasida va dunyo miqyosida keng targ‘ib etishdan iborat. Prezidentimizning tadbirkorlarga yaratib berayotgan imkoniyatlari sabab Namangan viloyati Chortoq tumani Koroskon qishlog‘i hududidagi tadbirkor  Jamol Nizomov tomonidan 2021- yil mart oyidan boshlab “Koroskon Orom Savdo Invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati qoshida muzey qurish ishlari tashkil etildi. “Koroskon tarixiy muzeyi” 2021-yil 5-maydan beri faoliyat olib bormoqda. 

[gallery-7142]

Muzeylarni bejizga tarix, ma’naviyat va san’at xazinasi deb ta’riflashmaydi. Ularda turli- tuman noyob va qimmatbaho ashyolar jamlanganki, xalqning o‘tmishi aks etgan bu eksponatlar bizni ajdodlar hayoti, kurashi va boy merosi bilan tanishtiradi. Ushbu muzeyda 18- asrdan 20-asrgacha bo‘lgan noyob buyumlar bo‘lib bular orqali o‘tmishda yashab o‘tgan ota-bobolarimiz qanday yashaganligi, ularning boy merosi, ular foydalangan buyumlar haqida ma’lumotga eta bo‘lish mumkin. Bu muzey uch bo‘limga bo‘lingan bo‘lib milliy, matbuot va texnika bo‘limlaridan iborat. Muzeyning matbuot bo‘limida ikki mingga yaqin turli kitoblar, jahon adabiyoti, o‘zbek adabiyoti yozuvchi shoirlarini asarlaridan tortib, har bir sohaga oid bo‘lgan ma’lumotlar o‘rin olgan dunyo ensiklopediyalari mavjud.

Bundan tashqari O‘zbekistonning barcha viloyatlariga tegishli bo‘lgan tarixiy obidalar haqida ma’lumot beruvchi kitoblar jamlanmasi mavjud. Muzeyda 700 dan ortiq eksponatlar ya’ni ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan osori atiqalar, hujjatlar, fotosuratlar, 1000 dan ortiq tanga va pullar, 10 ga yaqin avtomashinalar ko‘rgazma tarzida namoyish etilmoqda. Shuningdek, bu yerda Koroskon qishlog‘idan Ikkinchi jahon urushiga safarbar etilganlarning ismi va familiyasi abadiylashtirish uchun muhrlab qo‘yilgan va ularga tegishli bo‘lgan buyumlar joylashtirigan.

Prezidentimiz tomonidan ichki turizmni rivojlantirishga alohida e’tibor berilayotganligi sabab, hozirda dunyoning turli yerlaridan muzeyga sayyohlar, kolaversa mamlakatimizning barcha viloyatlaridan mehmonlar, undan tashqari tuman va qishloqlardan maktab, kollej o‘quvchilari tashrif buyurib katta taassurot olmoqdalar.  

<iframe width="1904" height="711" src="https://www.youtube.com/embed/cVNwVct5Uyg" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

Hotam Mamadaliyev  (video)

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
18-may – Xalqaro muzeylar kuni (+video)