Mamlakatimizda aholini jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish maqsadida so‘nggi yillarda bir qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Buning natijasida aholi o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanayotganlarning safi kun sayin ortib bormoqda.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni aholini jismoniy tarbiya va sportga jalb etish va bu orqali salomatligini yanada mustahkamlashi uchun zamin yaratdi.

Jumladan, o‘tgan 2020 yilda respublikaning barcha tuman va shaharlarida “Sog‘lom hayot uchun 5 ming qadam” shiori ostida piyoda yurish aksiyalari o‘tkazildi. Ushbu aksiyalarga o‘rtacha 560 mingdan ziyod aholi jalb etildi. Shuningdek, yugurish, yurish, velosport, badminton, stritbol, vorkaut va boshqa sport turlari bo‘yicha jami 176 mingdan ziyod ommaviy sport tadbiri tashkil etilib, ushbu musobaqalarga 4,3 million aholi jalb etildi.

Aholi o‘rtasida yengil atletika sport turini, jumladan, ommaviy yugurishni targ‘ib qilish maqsadida “Samarkand Half Marathon”,“Yangi nafas”, “Save Aral”,“Tashkent Marathon” marafon va yarimmarafoni musobaqalari o‘tkazildi va ularda 60 mingdan ziyod fuqaro ishtirok etdi.  

2020 yil davomida jami 49 ming 275 ta sport musobaqasi o‘tkazilib, ularga 10,3 millondan ortiq aholi, shundan 3,5 millondan ortiq xotin-qizlarning ishtiroki ta’minlandi.

Shuningdek, har bir mahalla yoshlarini qamrab oladigan futbol bo‘yicha “Charm to‘p” hamda ishchi xodimlar o‘rtasida “Bosh vazir kubogi”, “Hokim kubogi”, “Rahbar kubogi” kabi 2 800 ga yaqin sport musobaqasi o‘tkazilib, ularga 640 mingdan ortiq kishi qatnashdi. 2020 yilda tasdiqlangan sport haftaliklari doirasida esa jami 24 mingga yaqin tadbir o‘tkazilib, ularga 2,8 million nafarga yaqin aholi jalb qilindi.

"Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash" shior ostida respublika bo‘ylab 2020 yilning noyabr oyida mahallabay bo‘yicha o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari doirasida 13.112 ta sport tadbiri o‘tkazilib, ularda 750 mingdan ortiq yoshlar (290 mingdan ortig‘i qizlar) ishtirok etdi.

Aholi o‘rtasida 23 mingga yaqin sog‘lomlashtirish (ertalabgi badantarbiya) tadbirlari o‘tkazilib, ularga 2,3 millionga yaqin aholining turli qatlamlari jalb qilindi.

Bu kabi tadbirlar joriy yilda ham o‘tkazilishi bo‘yicha bir qator vazifalar belgilangan.  

Jumladan, 2021 yil davomida joylarda 50 mingdan ziyod ommaviy sport tadbiri o‘tkazilib, ushbu tadbirlarga uyushmagan yoshlarni keng jalb etishga alohida e’tibor qaratiladi. Natijada sport bilan shug‘ullanuvchi yoshlar soni 2,7 milliondan 3 millionga yetkaziladi. Umumta’lim maktablarida “Biz bilan bajar, bizdek bajar, bizdan yaxshiroq bajar!”, sinflararo “Quvnoq startlar” televizion sport musobaqalari, “Umumta’lim maktab sporti” festivali, “Jismoniy tayyorgarligi rivojlangan muassasa”ko‘rik-tanlovlari tashkil etiladi.

Joriy yilning yanvar oyidan aholi o‘rtasida “Sportni sev, sport bilan yasha”shiori ostida sportning badminton, stol tennisi, voleybol, basketbol, mini futbol, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha sport musobaqalarini mahallabay tizimi asosida manzilli o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.

Bu kabi musobaqalar 12 oy davomida mamlakatimizning har bir hududida sportning 6 ta turidan  2 martadan tashkil etiladi. Ushbu sport tadbirlari 3 bosqichda 9155 ta mahallada tashkil etilib, unda 8,6 million nafar aholi qamrab olinadi.

Shuningdek, Mahalla yoshlari o‘rtasida futbol bo‘yicha “Mahallada futbol”, “Futbolimiz kelajagi”, “Charm to‘p”, hududlar kesimida barcha korxona va tashkilotlar, davlat muassasalari xodimlari o‘rtasida “Bosh vazir kubogi”, “Hokim kubogi”, “Rahbar kubogi”futbol musobaqalarini tizimli o‘tkazilishi davom ettiriladi, ularga 650 mingdan ortiq havaskor sportchi jalb etiladi.

Darhaqiqat, bugungi pandemiya davrida aholining salomatligini yanada mustahkamlash uchun jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish eng muhim vazifalardan biridir. Zero, har birimiz jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishni hayotimizning ajralmas qismiga aylantirishimiz zarur.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
176 mingdan ziyod ommaviy sport tadbirida 4,3 million aholi qatnashdi