Samarqand viloyat bojxona boshqarmasi yilning besh oyida shunday natijaga erishgani boshqarma mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgani matbuot anjumanida qayd etildi.

Viloyat bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Anvar Muhammadiyevning ma’lum qilishicha, besh oyda davlat byudjetiga 1 trillion 486 milliard so‘mga tushum tushirilishiga erishilgan. Tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bojxona to‘lovlaridan 1 trillion 630 milliard so‘mga yaqin imtiyoz va tarif preferensiyalari qo‘llanilgan. Eksport hajmi 458,4 million AQSH dollarni tashkil etib, 2024 yilning shu davriga nisbatan 51 foizga oshgan.

– O‘tgan davrda aniqlangan 980 ta huquqbuzarlik holatida 17 milliard so‘mlik tovar va transport vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi, – dedi A.Muhammadiyev. – Bundan tashqari, giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq 18 holatda jami 9970,4 gramm giyohvandlik moddalari qonunga zid ravishda olib o‘tilayotgani aniqlandi. 11 ta holatda 223,3 million so‘mlikdan ziyod 2889 litr alkogol mahsulotlari hamda 169 holatda 1,2 milliard so‘mlikdan ortiq 19836 quti tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi oldi olindi. Shuningdek, zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish borasidagi ishlar natijasida 47 holatda 2,8 milliard so‘mlik 2906 gramm zargarlik buyumlari ashyoviy dalil sifatida ushlab qolindi.

Matbuo anjumanida bojxona tartib-qoidalaridagi o‘zgarishlar haqida ham ma’lumot berilib, jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
17 milliard so‘mlik tovar va transport vositalarining noqonuniy aylanmasi oldi olindi