16 aprel kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 16 aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 11-13, kunduzi 21-23 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha, ayrim tumanlarda chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 25-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha, ba’zi tumanlarda chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 25-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Faqat Toshkent viloyatining ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi, ba’zi tumanlarida do‘l yog‘ishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi, ba’zi tumanlarda do‘l yog‘ishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha, Farg‘ona viloyatining ba’zi tumanlarida chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 25-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Muhim hodisalar
Joriy yilning 15-17 aprel kunlari O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib keladi.
15 aprel kuni respublikamiz bo‘ylab, 16 aprel kuni Toshkent va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi, ayrim tumanlarda do‘l yog‘ishi mumkin.
15-17 aprel kunlari respublikamizning ayrim joylarida shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, ayrim tumanlarda chang-to‘zonlar bo‘lishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy va Farg‘ona viloyatlarida shamolning tezligi 25-28 metrgacha tezlashishi mumkin.
17 aprel kuni havo harorati kechasi 2-7, kunduzi 10-15 daraja iliqgacha pasayadi.
16-17 aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Navoiy viloyatlari shimolida kechasi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 1-3 darajagacha sovuq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
15-17 aprel kunlari aprelda respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin
O‘zA