Allomalarimiz haqida 10 ta fakt
Buyuk ajdodimiz Mirzo Ulug‘bek o‘z davrining yirik olimlaridan bo‘lib, uning hokimligi davrida madaniyat, san’at, ta’lim va bunyodkorlik ishlari keng rivojlangan. Ulug‘bekning ilmga qiziqqanligi va mamlakatning ravnaqini ko‘zlaganligi tufayli yangi maktab va madrasalar barpo qilishga e’tibor qaratilgan. Uning asarlari bugungacha ilm-fan ravnaqida muhim o‘rin tutib kelmoqda.
“Allomalarimiz haqida 10 ta fakt” loyihasining bu galgi sonida Mirzo Ulug‘bek haqidagi muhim ma’lumotlarni taqdim etamiz.
1) Mirzo Ulug‘bek 1394 yilning 22 mart kuni tavallud topgan.
2) Asl ismi Muhammad Tarag‘ay bo‘lib, Ulug‘bek unga bobosi tomonidan berilgan taxallusdir.
3) Xotirasi kuchli, zehni o‘tkir bo‘lgan Muhammad Tarag‘ay arab, fors, mo‘g‘ul, xitoy tillarini mukammal o‘rganadi.
4) O‘n besh yoshli Ulug‘bek bobosi Amir Temurning Samarqanddagi taxtiga o‘tirgan.
5) Samarqand ramziga aylangan Registon ansamblining ilk inshooti aynan Mirzo Ulug‘bek tomonidan barpo ettirilgan.
6) Buxoroda qurdirgan madrasasining eshik tabaqalariga arab tilida “Bilim olish har bir musulmon erkak va ayol uchun farzdir” degan xitobnomani o‘yib yozdirgan.
7) Mirzo Ulug‘bek 1424-1429 yillarda rasadxona barpo ettirgan.
8) 1445 yilda yozilgan “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asari allomani dunyoga mashhur qilgan. Ushbu asarda 1018 ta yulduzning koinotdagi o‘rni ko‘rsatilgan bo‘lib, bu katalog asrlar davomida dengizchilar uchun geografik koordinatalarni aniqlashda eng ishonchli manba bo‘lib kelgan.
9) Mirzo Ulug‘bekning yil hisobini zamonaviy hisob-kitoblarga solishtirgudek bo‘lsak, u bor-yo‘g‘i bir daqiqayu ikki soniyaga farq qiladi.
10) Mirzo Ulug‘bek 1449 yil 27 oktyabrda vafot etgan.
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligidagi mazkur loyiha sun’iy intellekt yordamida “O‘zbekiston tarixi” telekanali bilan birgalikda tayyorlandi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/CjALS7Igo5E" title="15 yoshida taxtga oʻtirgan Mirzo Ulugʻbek" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Komilova, A.Ahmedov (video), O‘zA