Namanganda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining viloyat boshqarmasi hamda uning shahar, tuman bo‘limlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida mehnat qonunchiligiga rioya qilinmagan holda bo‘shatilgan besh nafar shaxs ishga qayta tiklandi.

Shuningdek, ish haqi undirish bilan bog‘liq hujjatlarning ijrosiga ham alohida e’tibor qaratilgan. O‘tgan davr mobaynida ushbu toifadagi 2,1 milliard so‘mlik 163 ta ijro hujjati bo‘yicha harakatlar olib borildi. Natijada 1,7 milliard so‘mlik 96 ta hujjat ijrosi ta’minlandi. Amalda undiruv 1,5 milliard so‘mni tashkil qildi.

Masalan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan “Namangan diagnostika” mas’uliyati cheklangan jamiyatining 29 nafar ishchi-xodimiga ish haqi undirib berilishi belgilangan. Mazkur ijro hujjati bo‘yicha Byuroning Yangi Namangan tumani bo‘limi tomonidan ijro harakatlari olib borilib, 80,6 million so‘m miqdoridagi ish haqi undirib berilishi ta’minlandi.

Byuro organlarining xodimlari mazkur yo‘nalishdagi ishlar ijrosini ta’minlashda davom etmoqda.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
1,5 milliard so‘m ish haqi undirib berildi