Yer sayyorasida iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolar avj olib, haroratning ko‘tarilishi, mavsumlar surilishi kabi holatlar ro‘y berayotgani butun insoniyatni tashvishga solmoqda. Atmosfera havosi tarkibida qator zararli moddalar va is gazlari miqdorining ko‘payishi harorat oshishiga, barcha mintaqalarning iqlimi o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda.

Ekologik muammolar zanjir singari bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi antropogen — inson omili tufayli yuzaga kelmoqda. Ya’ni, atmosfera havosiga chiqarilayotgan issiqxona gazlari global isishga sababchi bo‘lib, iqlim o‘zgarishlarini keltirib chiqarmoqda. Issiqlik gazlarining havoga ko‘tarilishi va Yer atrofida qobiq singari yig‘ilib, issiqxona effektini yuzaga keltiradi. Issiqlik gazlari — bu karbonad angidrid, transport vositalari va sanoat korxonalaridan chiqayotgan is gazi hamda metan (boshqa is gazlariga nisbatan salbiy ta’siri 20 barobar ko‘proq) hisoblanadi. 

Ko‘tarilayotgan gazlarning Yer atrofida yig‘ilib qolishi oqibatida Yer sharining harorati oshib bormoqda. Oqibatda muzliklarning erishi tezlashyapti. Olimlar dunyo miqyosida atmosfera havosiga chiqarilayotgan tashlanmalar miqdori shu sur’atlarda davom etsa, global isish va iqlim o‘zgarishlari natijasi bashorat qilib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.  

Shu bois, butun dunyoda iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolarni samarali hal etish, uning oqibatlarini yumshatish va unga moslashishga qaratilgan keng ko‘lamli sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda. Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq global tahdidlarga qarshi kurashish maqsadida 2015 yil 12 dekabrda Parijda Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha doiraviy konvensiyasiga bag‘ishlangan konferensiyasida Parij bitimi qabul qilindi. Mazkur bitimning maqsadi sayyoramizda global isishni industrial rivojlanish davridagi o‘rtacha haroratga nisbatan Selsiy shkalasi bo‘yicha 2°S ga saqlab turish hamda haroratning 1,5°S gacha o‘sishini cheklashga harakat qilishdan iborat. 2050 yilga borib issiqxona gazlarining global ajratmalarini 40-70 foizga kamaytirish, 2100 yilgacha esa uni 0 yoki manfiy ko‘rsatkichga yetkazishni talab etadi.    

Mazkur Parij bitimi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ham ratifikatsiya qilingan. Mamlakatimizda iqlim o‘zgarishlarini samarali hal etish, uning oqibatlarini yumshatish borasida yagona davlat siyosatini shakllantirish, shuningdek, Parij bitimi bo‘yicha O‘zbekiston tomonidan qabul qilingan majburiyatlarni samarali amalga oshirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Prezident huzurida Iqlim kengashi tashkil etildi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tuzilmasida ham birinchi marta iqlim o‘zgarishi oqibatlarini kamaytirish va “yashil” iqtisodiyotga o‘tishni jadallashtirish masalalari bo‘yicha komissiya tashkil etildi. Bu esa iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolarga davlat siyosati darajasida, parlament darajasida yechim topishga qaratilgan harakatlar namunasidir.  

Umuman, so‘nggi yillarda mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, aholi salomatligini saqlash  ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ekologik muammolar hayotimizga, salomatligimizga naqadar salbiy ta’sir ko‘rsatishini insonlarning o‘zlari ham anglab, tushunib yetdi. Iqlim o‘zgarishlarining oldini olish, kelgusi avlodlar uchun sof ekologiya, go‘zal tabiat va bebaho tabiiy resurslarni qoldirish barchamizning umuminsoniy burchimizdir. “Atrof-muhitni muhofaza qilish va “yashil” iqtisodiyot yili” Davlat dasturida nazarda tutilgan maqsad va vazifalar ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish orqali ham ekologik muammolarni yumshatishga hissa qo‘shish mumkin.  

Muhtarama Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
15 may — Xalqaro iqlim kuni