Sirdaryo viloyatida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida gigiyena me’yorlariga amal qilmagan 149 nafar mas’ul shaxsga nisbatan jami 350 million 222 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llanildi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining viloyat boshqarmasi ma’lum qildi.

Mutaxassislar o‘tkazgan nazorat tadbirlari davomida ayrim bog‘chalarda bolalar sog‘lomligi va xavfsizligiga daxldor jiddiy kamchiliklar aniqlangan. Xususan, kir yuvish xonalarida jihozlar nosozligi, shaxsiy gigiyena uchun sharoitning yetarli emasligi, hamshiralar tomonidan bog‘cha oshxonasida taomlar sifati va xavfsizligini baholash uchun yuritiladigan maxsus jurnal, shuningdek, har kuni bog‘chaga kelgan bolalar va xodimlar sog‘liq holatini tekshirish natijalari yoziladigan tibbiy jurnallarining to‘liq yuritilmagani holatlari qayd etilgan.

Bundan tashqari, ayrim hojatxonalarda tozalik vositalari yetishmasligi, guruh xonalarida suv ta’minoti uzluksiz emasligi, ba’zi muassasalarda bakteriologik tahlil natijalari belgilangan me’yorlarga javob bermagan holatlar ham kuzatilgan.

O‘rganish jarayonlari viloyat hokimligi, sanitariya nazorati uchun mas’ul tuzilmalar hamda sohaviy tashkilotlar vakillari ishtirokida amalga oshirildi.

Mas’ul idoralar ta’kidlashicha, gigiyenik qoidalarga beparvo munosabat bolalar sog‘ligi uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Shu sababli maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tozalikni ta’minlash, xodimlar mas’uliyatini oshirish va doimiy nazoratni kuchaytirish bo‘yicha qat’iy ko‘rsatmalar berilgan.

Tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad  bolalar uchun sog‘lom va xavfsiz muhit yaratish, sog‘lom turmush tarziga oid madaniyatni yuksaltirish hamda infeksiya va boshqa kasalliklarning oldini olishdir.

– Ozgina ehtiyotsizlik yoki mas’uliyatsizlik nafaqat bolajonlar sog‘ligi, balki oilaviy xotirjamlikka ham tahdid solishi mumkin, – deydi boshqarma boshlig‘i Jo‘rabek Hasanov. – Chunki belgilangan gigiyenik me’yorlarga qat’iy rioya qilish, ovqat tayyorlash va saqlashda poklikni ta’minlash — bola sog‘ligini muhofaza qilishning asosiy shartidir. Bu orqali turli kasalliklar va noxush holatlarning oldini olish mumkin.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
149 nafar bog‘cha mas’ullariga jarima qo‘llanildi