140 nafar xitoylik karantindan chiqdi
Sirdaryo viloyatida koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilinib, karantinga olingan 140 nafar Xitoy Xalq Respublikasi fuqarolari ushbu kasallikka chalinmaganligi aniqlandi.
Sirdaryo viloyatida koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilinib, karantinga olingan 140 nafar Xitoy Xalq Respublikasi fuqarolari ushbu kasallikka chalinmaganligi aniqlandi.
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Oʻzbekistonda koronavirus pandemiyasi qayd etilgach, respublikamizning barcha hududlarda ushbu dardga chalinganlikda gumon qilingan fuqarolarni alohidalashtirish (izolatsiya) maqsadida koʻplab karantin muassasalari tashkil etilgan edi.
Sirdaryo tumani hududidagi “WANG DA GROUP” qoʻshma korxonasida xuddi shunday mkassasalardan biri tashkil etilib, u yerda Xitoydan charter reyslarda yurtimizga kelgan, Oʻzbekiston – Xitoy qoʻshma korxonalarida faoliyat koʻrsatayotgan Xitoy Xalq Respublikasining 140 nafar fuqarolari tibbiy nazorat uchun joylashtirilgan edi.
Ana shu xorijlik fuqarolar 14 kun davomida sirdaryolik 5 nafar oliy, oʻrta va kichik tibbiyot xodimlari nazoratida boʻldi. Ushbu davr davomida ulardan 2 marotaba tahlil olinib, Respublika va viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi qoshidagi virusologiya laboratoriyasida tahlildan oʻtkazildi va mazkur lobarotoriya mutaxassislarining yakuniy xulosalariga koʻra, ularda koronavirus alomatlari qayd etilmadi.
Hududdagi qoʻshma korxonalarda faoliyat yuritayotgan 140 nafar xitoylik fuqarolar sogʻlom ekanligi uchun ular oʻzlari mehnat qilayotgan muassasalarga kuzatib qoʻyildi.