14 yoshli shaxmatchilarimiz Serbiyada jamoaviy musobaqalarda sovrindor bo‘ldi
Serbiyada rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionati doirasida har bir yosh toifasi kesimida rapid yo‘nalishida jamoaviy bellashuvlar tashkil etildi.
E’tiborli jihati, 14 yosh toifasida O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan Abdumajid Botiraliyev, Muzaffarjon Abdurasulov, Islom Husanov, Azizjon Abdukarimovdan iborat shaxmatchilarimiz munosib o‘yin namoyish etdi.
Iste’dodli yosh shaxmatchilarimiz 15 ta mamlakatning jamoalari bilan kechgan bahslar yakuniga ko‘ra 3-o‘rinni egalladi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA