Yangi yil bayrami arafasida Samarqand viloyatida O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bunyod etilgan 17 ta sport inshooti hamda bolalar musiqa va san’at maktablari foydalanishga topshirildi.

Pastdarg‘om tumanidagi “Olimp” bolalar yopiq suv havzasi ana shulardan biri.

Majmuaning ochilish marosimida Prezidentimiz rahnamoligida sportning ommaviyligini ta’minlash, farzandlarimizning yoshligidan sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamonaviy sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining faoliyati bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Birgina Samarqand viloyatida 2003-2014-yillarda ikki yuzga yaqin bolalar sporti inshooti qurildi.

Mazkur sport saroyi ham qisqa fursatda bunyod etilib, qurilish ishlariga 2 milliard 145 million so‘mdan ziyod mablag‘ sarflandi. Bu yerda yilning istalgan faslida suv sportining bir necha turi bilan shug‘ullanish, yirik musobaqalar o‘tkazish uchun barcha sharoit mavjud.

– Bunday zamonaviy qulayliklar bizning tumandan ham Osiyo, jahon chempionlari, Olimpiada sovrindorlari yetishib chiqishiga xizmat qiladi, – deydi joriy yilda Xitoyda o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida dzyudo bo‘yicha bronza medalini qo‘lga kiritgan Diyora Keldiyorova. – Bu g‘amxo‘rlikka javoban xalqaro musobaqalarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, yuqori natijalarga erishishga intilamiz.

Tadbirda yosh sportchilarning ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayramga munosib tuhfa