104 yoshli Marziya momoning shuhrati
Prezidentmiz farmoniga ko‘ra Vatanimiz mustaqilligining 32 yilligi arafasida yuz yoshdan oshgan bir guruh nuroniylar “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.
Jumladan, Samarqand viloyatining Toyloq tumanida yashovchi 104 yoshli Marziya Shamsiyeva ana shunday sharafga munosib ko‘rildi. Kuni kecha Samarqand viloyati va Toyloq tumani hokimligi mas’ullari onaxon istiqomat qilayotgan xonadonga borib, ushbu davlat mukofoti va hokimlik sovg‘alarini Marziya momoga tantanali topshirdi.

Marziya Shamsiyevaning yoshligi og‘ir yillarga, urush paytlariga to‘g‘ri kelgan. Turmushning ko‘p mashaqqatlarini boshidan kechirgan bo‘lsa-da 8 farzandni oq yuqib, oq tarab, elga munosib insonlar qilib kamolga yetkazdi. Onaxon bugun o‘zlari ham bobo va buvi bo‘lib qolgan farzandlari bilan birga 85 nevara, 7 evara va 1 nafar chevaraning ardog‘ida hayotga shukrona aytib yashamoqda.
– Boshing mehnatdan chiqmasa ham shunchalik ko‘p yashash mumkin ekan, – deydi Marziya momo. – Qahatchilikni ham, ocharchilikni ham, bir daqiqa tin olmay mehnat qilishni ham – hammasini ko‘rdik. Balki shu qiyinchiliklar evaziga bugungi yorug‘ kunlarni ko‘rsin, deb uzoq yashatdimikan xudoyim, deb o‘ylab qolaman. Tan-jonlaring sog‘ bo‘lsin, xalqimizga xizmat qilayotgan Prezidentimizga, barcha-barchaga rahmat, boshlaring omon bo‘lsin!
G‘.HASANOV, A.ISROILOV (surat), O‘zA