Bugun Markaziy bank 5, 10, 20, 50 grammli o‘lchovli oltin quymalarga qo‘shimcha ravishda og‘irligi 100 gramm bo‘lgan oltindan tayyorlangan o‘lchovli quymalarni tijorat banklari orqali sotuvga chiqardi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Bu orqali aholining investitsiya va jamg‘arish imkoniyatlarini yanada oshirish hamda qimmatbaho metallar muomalasini kengaytirish maqsad qilingan. Quymalar maxsus himoya qadoqlarida sotuv uchun taqdim etilishi aytildi. Oltin quymalarning qadog‘i sertifikat vazifasini bajarib, o‘z seriya raqamiga ega bo‘ladi. Oltin quymalarning sotish narxlari har kuni Markaziy bankning rasmiy veb-saytida milliy valyutada e’lon qilib boriladi. Qadoqlari but oltin quymalar sotuv shoxobchalarida quyma egasiga to‘lovni amalga oshirish orqali qaytarib sotib olinadi.  

Shuningdek, qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan oltin quymalarni qaytarib sotib olish ularni texnik ekspertizadan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi va ekspertiza o‘tkazilgandan so‘ng to‘lov to‘lab beriladi. Bundan tashqari, qadog‘i but holatdagi oltin quymalarni O‘zbekiston hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat beriladi.  

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari qoldig‘i 2024 yil davomida 6,6 mlrd. dollarga (19,1 foizga) o‘sib, yil yakunida qariyb 41,2 mlrd. dollarga yetdi.  

Sh.Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
100 grammli oltin quymalar sotuvga chiqarildi