Poytaxtimizdagi “Turon” kutubxonasida atoqli adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 95 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston” nashriyotida chop etilgan 10 jildlik “Chingiz Aytmatov. Asarlar” to‘plamining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Qirg‘iz milliy madaniy markazi  hamkorligida tashkil etildi.  

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari G‘ayrat Bozorov mamlakatimizda atoqli adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatovning ijodini o‘rganish, asarlarini nashr etishga katta e’tibor qaratilayotgani, bu boradagi ibratli ishlar yurtimizda kitobxonlikni rivojlantirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi.  

–Chingiz Aytmatov asarlarining o‘n jildligi chop etilishi mamlakatimiz adabiy, madaniy hayotida ulkan voqelikdir, – dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov. – 10 jildlik “Chingiz Aytmatov. Asarlar” to‘plamining chop etilishi juda katta zahmatli, jasoratli mehnatdir. Chingiz Aytmatovning asarlarini o‘qish, uqish kerak. Jahonda kitoblari eng ko‘p nashr etilgan yozuvchilar safida birinchi o‘rinda Uilyam Shekspir, ikkinchi o‘rinda Lev Tolstoy bo‘lsa, Chingiz Aytmatov uchinchi o‘rinda turibdi. Zero, adibning ijodkorligi bilan birga, diplomatlik salohiyati, davlat va jamoat arbobi sifatidagi qirralarini o‘rganish ham dolzarbdir.  

–Chingiz Aytmatov o‘z mamlakati, xalqini dunyoga tanitgan ijodkordir, – dedi Yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari G‘ayrat Majid. – Dekabr oyi yurtimizda adabiyot oyligi sifatida o‘tayotgan ekan, bunda Chingiz Aytmatov tavalludining 95 yilligini nishonlashga, asarlarini nashr etishga, ijodini targ‘ib qilishga katta e’tibor qaratilmoqda. Darhaqiqat, mazkur o‘n jildlikning nashr etilishi mamlakatimizda adabiyot, ma’naviyat, kitobxonlik rivojiga bo‘lgan ulkan e’tiborning natijasi.  

–1974 yilda universitetning 4-bosqichida tahsil olayotgan kezlarimda  ustozim G‘aybulla as-Salom Chingiz Aytmatov ijodi haqida diplom ishi yozishni tavsiya etdilar, – dedi atoqli jurnalist, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev. – Bishkekka borib, Chingiz Aytmatovning o‘ziga uchradim. O‘shandan buyon uning ijodini, faoliyati, hayotini tadqiq etib kelaman. Chingiz To‘raqulovichning  hayotida O‘zbekiston bilan bog‘liq iliq va yorqin jihatlar juda ko‘p edi. Insonni inson maqomida ko‘rish Aytmatov asarlarining bosh g‘oyasini tashkil etishi bilan diqqatga sazovordir.  

–Qirg‘izistonda ushbu to‘plamni ko‘rib hayron qolishdi, – dedi adabiyotshunos olim Zuhriddin Isomiddinov. – Sababi, Chingiz Aytmatov ijodiga oid bunday ko‘lamdagi nashr hali Qirg‘izistonning o‘zida ham bo‘lmagan. Adibning asarlari dunyoning ko‘plab tillariga tarjima qilingan, ko‘plab davlatlarda chop etilgan. Shu bilan birga, Chingiz Aytmatovning  kitoblari eng ko‘p O‘zbekistonda nashr etilgan. Adib umuminsoniy g‘oyalar kuychisi, global muammolarni ko‘tarib chiqqani, insoniyatni mudom  ogohlikka da’vat etgani, ulug‘ligi bilan birga, juda oddiy inson bo‘lganini hayotiy misollarda ham keltirish mumkin. Biz adibning 100 yillik yubileyiga hozirdanoq tayyorgarlikni boshlab yuborishimiz maqsadga muvofiq.  

Tadbirda  “Armug‘on” nomli turkumning ilk nashri sifatida chop etilgan mazkur 10 jildlik to‘plam  XX va XXI asrning buyuk so‘z san’atkori, o‘zining gumanistik, insonparvarlik, dunyo xalqlari o‘rtasida tinchlik, do‘stlik va o‘zaro hamkorlik, insoniy mehr-muhabbat, vatanparvarlik  g‘oyalarini targ‘ib etuvchi ijodi bilan butun dunyoda ulkan shuhrat qozongan adib Chingiz Aytmatovning 95 yilligiga chin ma’noda armug‘on bo‘lgani ta’kidlandi.  

Kitob O‘zbekiston Respubikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ijodkorning o‘zbek xalqiga bo‘lgan mehri va sadoqatini e’tirof etuvchi “Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov nafaqat qirg‘iz eli, ayni paytda, butun turkiy mamlakatlar, jumladan, o‘zbek xalqi uchun ham aziz va qadrli siymo, O‘zbekistonning ulkan do‘sti edi...Chingiz Aytmatovning adolat va haqiqat kuychisi sifatida xalqimizning sha’ni va obro‘-e’tiborini katta minbarlardan turib himoya qilganini el-yurtimiz hamisha minnatdorlik bilan eslaydi”,  degan fikrlari bilan boshlangan.  

Kitobning birinchi jildida mazkur nashrning ahamiyati va Ch.Aytmatovning qirg‘iz va o‘zbek xalqlari o‘rtasidagi qardoshlik munosabatlarini mustahkamlashdagi o‘rni borasida Qirg‘iziston fanlar akademiyasi akademigi Abdullajan Ahmataliyev hamda adibning farzandi Eldor Aytmatovning  “Chingiz Aytmatov – o‘zbek xalqining ham dilbandi” nomli tashakkurnomasi o‘rin olgan.  

To‘plamga  Chingiz Aytmatovning asarlari bilan birga, uning betakror ijodiy laboratoriyasi, o‘ziga xos adabiy mahorati, falsafasi, shaxsiyati va o‘zbek xalqiga do‘stona munosabati haqida O‘zbekistonning mashhur olimlari, adiblari, davlat va jamoat arboblari, akademiklarining maqolalari ham ilova qilingan. Ular orasida O‘zbekiston Qahramonlari Ozod Sharafiddinov, Ibrohim G‘afurov, taniqli davlat va jamoat arboblari Oqil Salimov, Xayriddin Sultonov, akademik Akmal Saidov, adib va tarjimonlar Asil Rashidov, Suyun Qorayev, Saydi Umirov, adiblar Nazar Eshonqul, Vafo Fayzulloh va boshqalarni tilga olish mumkin.  

Kitobga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev  mas’ul muharrirlik qilgan va so‘zboshi yozgan. Tuzuvchi – taniqli adbiyotshunos olim Zuhriddin Isomiddinov.  

To‘plamda Chingiz Aytmatov ijodiy merosining turli janr va yo‘nalishlarida yaratilgan  deyarli barcha asosiy asarlari qamrab olingan.  

Ya’ni, uning ilk hikoyalaridan boshlab, dunyoga mashhur “Jamila”, “Birinchi muallim”, “Sarvqomat dilbarim”, “Oq kema”, “Yuzma-yuz”, “Bo‘tako‘z bulog‘i”, “Erta uchgan turnalar”, “Alvido, Gulsari”, “Somon yo‘li”, “Dengiz yoqalab chopayotgan olapar” kabi povestlari, “Asrni qaritgan kun”, “Chingizxonning oq buluti”, “Oxirzamon nishonalari”, “Qiyomat”, “Qulayotgan tog‘lar” , “Cho‘qqida qolgan ovchining ohi - zori”  kabi romanlari, esse va publitsistikasi, pesa va dramalari o‘ziga xos ketma-ketlikda  jamlangan.  

Ushbu  to‘plamdan adibning ilgari yurtimiz  nashriyotlarida  bir necha bor chop etilgan mashhur asarlari bilan birga, ilk bora o‘zbek tiliga o‘girilgan publitsistik asarlari, pesa, esse va suhbatlari ham o‘rin olgan.  

Taqdimotda olimlar, adabiyotshunoslar, jurnalistlar Chingiz Aytmatovning serqirra ijodi xususida batafsil gapirdi. Yurtimizda Ch.Aytmatovga ko‘rsatilayotgan ehtirom, davlatimiz rahbarining ayni paytda qirg‘iz xalqiga ham yuksak ehtiromi ekanini e’trof qildi.  

Shuningdek, Qirg‘izistonda joriy yilning 12-14 dekabrida Ch.Aytmatov tavalludining 95 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan yubiley tantanalari, ushbu madaniy-adabiy tadbirlarda o‘zbekistonlik ijodkorlarning ishtiroki, yurtimiz noshirlarining, umuman o‘zbek xalqining ushbu qutlug‘ sanaga, Chingiz Aytmatov siymosi va porloq xotirasiga ehtiromi ramzi bo‘lgan 10 jildlik to‘plamining taqdimoti xususida batafsil so‘z yuritildi.  

Mazkur nashrning ilk nusxalari Chingiz Aytmatov Universitetiga hamda Qirg‘iziston Milliy kutubxonasiga tuhfa etilgani ma’lum qilindi.  

10 jildlik “Chingiz Aytmatov”. Asarlar” to‘plami “O‘zbekiston” nashriyotida o‘zbek tilida, lotin alifbosida har bir jildi 1000 nusxadan chop etildi. Taqdimot doirasida Ch.Aytmatov qalamiga mansub kitoblar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.  

Nazokat Usmonova, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
10 jildlik “Chingiz Aytmatov. Asarlar” to‘plami nashr etildi