Portugaliya Respublikasining poytaxti – Lissabon shahri, davlat tili – portugal tili. Aholisi 2022 yil 10 467 366 kishi edi.

Portugaliya Yevropa janubida, Pireney yarim orolida joylashgan, Ispaniya bilan chegaradosh.  Atlantika okeani bo‘yida joylashgani ushbu davlat madaniyati rivojiga ko‘p jihatdan ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek milliy taomlariga ham. Algarve plyaji mamlakat me’morchiligi yutug‘i hisoblanadi.

Poytaxt Lissabon aholi soniga ko‘ra ham eng yirik shahar sifatida sayyohlar uchun Portu va Algarve yonidagi asosiy maskandir.

XV-XVI asrlarda Portugaliya kashfiyotlar asrini boshqarib, eng ko‘p yashagan dengiz va tijorat imperiyalaridan biriga asos solgan. Shu tariqa o‘sha davrning asosiy iqtisodiy va siyosiy kuchiga aylangan.

Portugaliyada UNESSO Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan 17 ob’ekt joylashgan. Bu borada mamlakat Yevropa davlatlari orasida 9-o‘rinni band etgan, dunyo bo‘yicha esa 18-o‘rinda.

Ta’lim tizimi bolalar bog‘chasi va maktabgacha, maktabdagi boshlang‘ich va o‘rta hamda universitet, ya’ni oliy ta’limni birlashtirgan. 6-18 yosh oralig‘ida maktabda o‘qish majburiy. Shundan so‘ng universitetda o‘qishni davom ettirish yoki ishga kirish mumkin.

Portugaliya kuni 10 iyunda Portugaliya milliy kuni yoki Camoes va Portugal hamjamiyatlari kuni nishonlanadi.  Ushbu sanada portugal shoiri, 1572 yil nashr etilgan mashhur “Os Lusiadas” dostoni muallifi Luis de Kamoesni xotirlaydi.

Bu kun portugal jamoalari tomonidan boshqa mamlakatlarda ham nishonlanadi. Mamlakat elchixonalari Camoes instituti ko‘magida keng ko‘lamli ko‘rgazma, konsert va bayram tashkil qiladi. 2016 yil rasmiy tantana ilk bor Lissabon va Parij o‘rtasida uyushtirilgan.

Nodira Ibrohimova,

O‘zDJTU talabasi,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
10 iyun – Portugaliya milliy kuni