10-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 10-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 24-26 daraja iliq, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi. Kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 38-43 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel kelishi xavfi bor. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.
Muhim hodisalar
9-13-iyul kunlari Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li xududlarida sel kelishi xavfi bor.
O‘zA