AOKAda Fanlar akademiyasi axborot xizmati rahbari Mohira Jumanova ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Mutaxassisga ko‘ra, Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi ilmiy xodimlari tomonidan respublikamiz hududidagi 10 dan ortiq yodgorlikda arxeologik dala qidiruv va qazishma ishlari olib borilmoqda. Dala tadqiqot mavsumi boshlangandan buyon arxeolog olimlar tomonidan bir qancha yangi yodgorliklar aniqlandi va madaniy meros ro‘yxatiga kiritildi.

2023-2026 yillarda muzeylashtirilishi ko‘zda tutilgan arxeologik yodgorliklar manzilli dasturiga muvofiq, Namangan viloyati Pop tumani hududida joylashgan Qadimgi Pop (Munchoqtepa) yodgorligida O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan tadqiqotlar amalga oshirilgan.

Tadqiqotlar jarayonida yodgorlikdan turli tipologik xususiyatlarga ega bo‘lgan 6 ta yer osti sag‘anasi – yakka va jamoaviy turdagi dafn inshootlari aniqlandi. Shuningdek, qazishmalar davomida ushbu sag‘analardan qadimgi davrga oid dafn marosimlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan sopol buyumlar, turli shakl va materiallardan yasalgan munchoqlar, mis tangalar hamda ko‘zgular kabi arxeologik topilmalar topildi. Ushbu artefaktlar yodgorlik doirasidagi marosim madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar va diniy e’tiqodlar tizimini tadqiq etishda muhim ilmiy manba hisoblanadi. 

Shuningdek, Namangan viloyatida joylashgan Axsikent yodgorligida yodgorlikning 10 ga yaqin ob’ektlarini ochiq osmon osti muzeyiga aylantirish ishlari olib borilmoqda. Ayni paytda Axsikent yodgorligida 2 ta ochiq osmon osti muzeyi qad rostladi. Yana 4 ta ob’ektda muzeylashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.  

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
10 dan ortiq yodgorlikda arxeologik dala qidiruv va qazishma ishlari olib borilmoqda