Mamlakatimizda Biznes-ombudsman devoni tomonidan tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, o‘tgan yilning o‘zida bevosita Biznes-ombudsman devoni, “Tadbirkor virtual ofisi” axborot portali orqali tadbirkorlardan jami 9 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan. 

Tadbirkorlardan kelib tushgan 7 ming 127 ta murojaat xususiyatlari bo‘yicha tahlil etilganda soliq, yer, kadastr, arxitektura, bank, kredit, tekshiruvlar, sud qarori ijrosi va boshqa masalalarga oid bo‘lgan. 

Xususan, Biznes-ombudsman aralashuvi bilan 10 dan ortiq tadbirkorning faoliyati to‘xtab qolishiga olib kelgan Xalq deputatlari Qarshi shahar kengashining noqonuniy qarori ma’muriy sud tomonidan haqiqiy emas deb topildi. 

Jumladan, Biznes-ombudsman devoni tomonidan Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida faoliyat yurituvchi 4 ta tadbirkorlik sub’ektining mahalliy kengash qaroridan norozi bo‘lib yozgan murojaati o‘rganildi. 

Aniqlanishicha, xalq deputatlari Qarshi shahar kengashi tomonidan qabul qilingan qarorga ko‘ra, 10 ta tadbirkorlik sub’ekti xizmat ko‘rsatayotgan barcha ko‘p qavatli uylarning billing tizimi to‘xtatilishi va Qarshi shahar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limiga o‘tkazilishi belgilangan. 

Buning natijasida mazkur tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyati to‘xtab, xonadonlarga xizmat ko‘rsatish imkoni cheklangan. 

Ma’lumki, “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi qonunning 8-, 49-moddalariga ko‘ra, mahalliy davlat hokimiyati organlarining va ular mansabdor shaxslarining ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari faoliyatiga aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi. Ko‘p kvartirali uyni boshqarish usuli ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining umumiy yig‘ilishida belgilanadi. Ko‘p kvartirali uyni boshqarish bevosita joylarning mulkdorlari tomonidan; yuridik shaxs bo‘lgan boshqaruvchi tashkilot tomonidan yoki jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) bo‘lgan boshqaruvchi tomonidan shartnoma asosida; bitta yoki zich joylashgan bir nechta ko‘p kvartirali uyda turar joylarning va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning mulkdorlarini birlashtiruvchi uy-joy mulkdorlarining shirkati bo‘lgan notijorat tashkilot tomonidan amalga oshirilishi mumkin. 

Shuningdek, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunning 24-moddasida xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining asosiy vakolatlari belgilab berilgan bo‘lib, unda tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini to‘xtatib qo‘yish nazarda tutilmagan. 

Bundan tashqari, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunning 42-moddasiga ko‘ra, tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan faoliyatni tugatish, cheklash, to‘xtatib turish va taqiqlashga oid huquqiy ta’sir choralari faqat sud tartibida qo‘llaniladi. 

Mazkur holatda ko‘p kvartirali uyni boshqarish bevosita joylarning mulkdorlari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lsada, kengash tomonidan professional boshqaruv kompaniyalarining faoliyati to‘xtatilib, ularning faoliyatiga aralashilgan hamda aslida sud vakolatiga tegishli ta’sir chorasi kengash tomonidan noqonuniy qo‘llanilgan. 

Shu sababli, ta’kidlangan kengash qarorini haqiqiy emas deb topish haqida Qarshi tumanlararo ma’muriy sudiga ariza kiritilib, sudning xal qiluv qarori bilan kengash qarori bekor qilindi. 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
10 dan ortiq tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati tiklandi 