10 aprel jahon voqealari qisqa satrlarda
Mamlakatning 20 ta shtati yana elektr energiyasi ta’minotidan uzilib qoldi.
Venesuela. Mamlakatning 20 ta shtati yana elektr energiyasi ta’minotidan uzilib qoldi.
Xitoy. Harakatlanayotgan yuk poezdining relsdan chiqib ketishi oqibatida yuz bergan halokatda 6 kishi bedarak yo‘qolgan.
Bryussel. Yevroittifoq va Buyuk Britaniya kelishuvi asosida Brexit bo‘yicha muzokaralar muddati ma’lum qilindi.
Pokiston. Mamlakat shimoliy-g‘aribiy hududlarida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatidagi suv toshqinlarida halok bo‘lganlar soni 8 taga yetdi.