Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “Soliq va byudjet siyosatining 2024 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

Mazkur masala yuzasidan Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Ahadbek Haydarov ma’ruza qildi:  

– Ushbu qonun loyihasi bilan tadbirkorlik sub’ektlari manfaatidan kelib chiqib, ularga qulaylik yaratish maqsadida 2024 yil uchun belgilangan soliq siyosatida asosiy soliq stavkalari – qo‘shilgan qiymat solig‘i, foyda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad, yuridik shaxslarning mol-mulk, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun yer solig‘i, ijtimoiy soliq, aylanmadan olinadigan soliqlar o‘zgarishsiz qoldirilmoqda. Shu bilan birga, tadbirkorlik sub’ektlari uchun qo‘shimcha yengilliklar yaratish maqsadida kameral soliq tekshiruvida tadbirkordan hujjat talab qilish, bino va hududlariga kirish yoki uni idoraga chaqirish taqiqlanmoqda.  

Soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati 5 yildan 3 yilgacha qisqartirilmoqda, foyda solig‘i bo‘yicha har oy bo‘nak to‘lovlarini to‘lashi lozim bo‘lgan tadbirkorlar daromadining chegaraviy miqdori 5 milliard so‘mdan 10 milliard so‘mga oshirilmoqda.  

Qonun loyihasida soliq solish bazasini kengaytirish, samarasiz soliq imtiyozlarini bekor qilish, inflyatsiya darajasidan kelib chiqib aksiz solig‘i va resurs soliqlarini indeksatsiya qilish belgilanmoqda. Jumladan, 2024 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatayotgan xorijiy yakka tartibdagi tadbirkorlarni qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortish, yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i bazasini aniqlashdagi 1 kvadrat uchun o‘rnatilgan minimal qiymat o‘rnatish tartibini jismoniy shaxslarning noturar ob’ektlari uchun ham qo‘llash amaliyoti joriy etiladi.  

2024 yil 1 apreldan boshlab tarkibida shakar yoki boshqa shirinlantiruvchi va (yoki) hushbo‘ylashtiruvchi moddalar qo‘shimchalari bo‘lgan mineral va gazlangan ichimliklarga 1 litr uchun 500 so‘m, shuningdek, energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklarga 1 litr uchun 2 000 so‘m miqdorida aksiz solig‘i joriy etilmoqda. 2024 yil 1 yanvardan filtrlangan va filtrsiz sigaretalar hamda boshqa tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish uchun 12 foizga indeksatsiya qilinmoqda.  

2024 yil 1 yanvardan mol-mulk solig‘i asosiy stavkasi, ya’ni 1,5 foiz saqlab qolingan holda soliq bazasini hisoblashda 1 kvatrat uchun o‘rnatilgan minimal qiymat Toshkent shahrida 3 million, Nukus shahri va viloyat markazlarida 2 million so‘m, boshqa shahar va qishloqlar uchun 1,2 million so‘m etib belgilanmoqda.  

Shuningdek, qonun loyihasi bilan resurs soliqlarining o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash maqsadida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti, uyali telefon raqamiga va soliq organlarining maxsus mobil ilovasiga SMS-xabarnoma shaklida soliqni to‘lash to‘g‘risida xabarnoma yuborish tartibi kiritilmoqda. Ma’lumot uchun, amalda xabarnoma soliq to‘lovchilarga faqat imzo qo‘ydirilgan holda yoki pochta orqali berilar edi.  

Muhokamalar davomida deputatlar qonun loyihasida ko‘zda tutilayotgan ayrim masalalar yuzasidan savol va e’tirozlarini bildirdi. Qizg‘in bahs-munozara va savol-javoblardan so‘ng qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.  

Muhtarama Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
1 yanvardan mol-mulk solig‘i Toshkentda 3 million, Nukus shahri va viloyat markazlarida 2 million so‘m etib belgilanmoqda