DSQ matbuot xizmati xabariga koʻra, bunday tartib prezidentning 2019-yil 27-iyundagi “Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5755-sonli farmoniga asosan joriy etilmoqda.

Barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlarga teng shart-sharoitlarni yaratish uchun qoʻshilgan qiymat soligʻining toʻlaqonli zanjirini tashkil etish maqsadida 2019-yil 1-oktyabrdan boshlab, yagona yer soligʻi toʻlovchisi hisoblangan qishloq xoʻjaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashga oʻtishi belgilangan.

Hujjatga koʻra, 2019-yilning 9 oyida pul aylanmasi (tushumi) 1 mlrd. soʻmdan oshgan yoki 50 gektardan ortiq qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻoriladigan yer maydonlariga ega boʻlgan yagona yer soligʻi toʻlovchilari qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi hisoblanishi va belgilangan tartibda QQS toʻlovchisi sifatida roʻyxatdan oʻtishi talab etiladi.

Eslatilishicha, farmonda 2019-yil 1-avgustdan qishloq xoʻjaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilari ixtiyoriy ravishda qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashga oʻtishi mumkinligi belgilab qoʻyilgan.

Shu bilan birga, farmonga muvofiq paxta xomashyosini ishlab chiqaruvchi xoʻjalik subyektlari 2019-yil hosilidan boshlab qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashga oʻtadilar.

Bunda, ularga 2018-yilning 1-oktyabridan ilgari boʻlmagan vaqtda haqiqatda olingan va paxta xomashyosini yetishtirish uchun ishlatilgan tovarlar (ish, xizmatlar) uchun toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini hisobga olish huquqi beriladi.

Bildirilishicha, ushbu normalarning amaliyotga joriy etilishi mamlakatda raqobatbardosh ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish, tadbirkorlikni va sogʻlom raqobat muhitini qoʻllab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
1-oktyabrdan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar QQS toʻlovchisi boʻladi
Жамият
11:00 / 01:10:2019