1-oktyabr xitoyliklarning asosiy davlat bayrami – Xitoy Xalq Respublikasi tashkil etilgan kun. Uning aholisi boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinda turuvchi mamlakat fuqarolari har yili katta tantana bilan qarshi olishadi.

Bayram tarixiga bir nazar

Bundan roppa-rosa 70 yil oldin – 1949-yil 1-oktyabrda Pekindagi “Samoviy osudalik darvozalari” maʼnosini anglatuvchi Tyananmen maydonida Xitoy Xalq Respublikasi tashkil etilgani eʼlon qilindi. Shu tariqa anʼanaviy ravishda Xitoy xalqining ramziy yuragi sifatida eʼtirof etiluvchi bu maydonda Mao Szedun 70 yil ilgari poytaxti Pekin boʻlgan zamonaviy Xitoy davlatiga asos soldi.

Xuddi shu kuni bu maydonda Mao Szedun Xitoyning davlat bayrogʻini shaxsan oʻzi tantanali ravishda koʻtardi. Samoda Xitoy Xalq Respublikasining bayrogʻi hilpiray boshladi. Mamlakatning bosh maydonidagi ushbu yirik namoyish va bayram tadbirlarida Xitoyning 300 mingdan ortiq aholisi va askarlari ishtirok etdi.

Oradan biroz vaqt oʻtgach, 1949-yilning 2-dekabriga kelib, Markaziy xalq hukumati 1-oktyabrni milliy bayram sifatida nishonlash haqida qaror chiqardi. Natijada 1-oktyabr sanasi rasman xitoyliklarning milliy bayrami – Respublika eʼlon qilingan kunga aylandi. Xoʻsh, xitoyliklar bu kunni qanday nishonlashadi?

Tantanadagi harbiy namoyish anʼanasi

Oʻtgan asrning elliginchi yillarida Tyananmen maydonida harbiy paradlar oʻtkazish bayram tantanalarining ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Biroq 1959-yildan soʻng mamlakat hukumati harbiy texnika namoyishini faqat “yaxlit” raqamli sanalarda oʻtkazishga qaror qildi. Mamlakatda 1966–1977-yillarda oʻtkazilgan “madaniy inqilob” natijasida harbiy paradlardan mutlaqo voz kechildi.
Biroq 1984-yilda Xitoy Xalq Respublikasining 35 yilligida ushbu anʼana qayta tiklandi. Soʻnggi yillardagi oxirgi bunday parad 2009-yilda tashkil etildi. Unda Xitoy armiyasidagi eng soʻnggi harbiy texnika namunalari namoyish etilgan edi.

Bugun ham Xitoy Xalq Respublikasi tashkil etilganining 70 yilligi munosabati bilan Tyananmen maydonida anʼanaga muvofiq yirik harbiy paradlar tashkil etish rejalashtirilgani haqida rasmiy xabar berildi.

“Oltin hafta”da hamma dam oladi

Sharqiy Osiyo davlatlarida dam olish kunlari bilan birlashib ketgan bir necha bayram kunlarini “Oltin hafta” deb atashadi. Xitoydagi ana shunday “oltin hafta”lardan biri mazkur kun bilan bogʻliq. Bunda 1–3-oktyabrdagi bayram kunlari dam olish kunlariga ulanib, ishlanmaydigan haftani hosil qiladi.

Bayram kunlarini koʻpaytirishdan asosiy maqsad ichki turizmning rivojlanishiga hissa qoʻshish, shuningdek, odamlarning bayramni bir oila boʻlib toʻplangan holda nishonlashlariga imkon yaratishdan iborat. Xullas, mamlakatning asosiy bayramida xitoyliklar besh kun dam olishadi.
Bu kunlarda poytaxtning asosiy koʻchalari, markaziy maydonlar doimo tabiiy gullardan tayyorlangan ulkan kompozitsiyalar bilan bezatiladi. Poytaxtning bosh maydonida 1-oktyabr kuni xalq sayillari oʻtkaziladi, kechqurun mushakbozlik qilinadi. Bir soʻz bilan aytganda, mamlakatning asosiy maydoni oʻzgacha koʻrinish kasb etadi.

Alisher EGAMBERDIYEV,
Oʻzbekiston Milliy universiteti talabasi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
1-oktyabr – Xitoy Xalq Respublikasi tashkil etilgan kun
Жамият
08:30 / 01:10:2019