1 maydan O‘zbekiston qonunchiligida nimalar o‘zgaradi?
-
Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 7 foizga oshiriladi.
O‘zbekiston hududida: mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 980 000 so‘m;
bazaviy hisoblash miqdori – oyiga 330 000 so‘m etib belgilanadi.
-Ma’muriy jarimalarni 15 kun ichida to‘laganlik uchun chegirma miqdori oshiriladi.
-Ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalari beriladi.
-Ayrim turdagi tovarlar xaridi uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i qaytarib beriladi.
<iframe width="680" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/PfEFQ9TzHIk" title="1 maydan O‘zbekiston qonunchiligida nimalar o‘zgaradi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Jumladan jismoniy shaxslar chakana savdo ob’ektlarida tuxum, o‘simlik yog‘i hamda mol, qo‘y, parranda go‘shtlari xaridi uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i qaytarib beriladi.
-“Metan-zapravka”larga onlayn kamera o‘rnatish majburiy bo‘ladi;
-Yangi “dom”larning tomiga quyosh panellari o‘rnatish majburiy bo‘ladi;
-Ayrimlarga (kimlarga?) shifohonada bepul ovqat beriladi;
-Halok bo‘lgan harbiy xizmatchining yaqinlari ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanadi;
-Rahbar kadrlar uchun inson huquqlari va gender tenglik bo‘yicha o‘quv kurslari joriy qilinadi;
-Bank hisob-varag‘ini masofadan turib ochishga ruxsat etiladi.
Shahnoza Toshtemirova O‘zA