Huquqiy munosabat

Davlatimiz rahbarining 2024 yil 14 noyabrdagi “Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingan bo‘lib, ushbu farmonda asosan yetim, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan bolalar hamda qarovsiz qolgan onalar va homilador ayollarni jamiyatga integratsiyalash uchun muhim chora-tadbirlar belgilandi.    

Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi xodimi Imomali Tuyev bu borada quyidagi huquqiy tushunchalarni berdi:  

–Farmonga ko‘ra, joriy yil 1 yanvardan boshlab, mehribonlik uylari va bolalar uylariga kam ta’minlangan oilalarning farzandlarini vaqtinchalik qabul qilish tartibi bekor qilindi.  

Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarga ta’lim olish, bandligini ta’minlash, davolanish hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilash uchun ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi. Tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslariga yetim, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni farzandlikka olish istagini bildirgan nomzodlar ham qamrab olinadi hamda bosqichma-bosqich Andijon, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahrida kichik hajmli bolalar uyi tashkil etiladi.  

Shuningdek, "Mehr daftari" jamg‘armalari tugatiladi. Oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlar davlat fuqarolik xizmatiga tanlovsiz qabul qilinadi.  

Shu bilan birga, og‘ir hayotiy vaziyatda, yaqinlarining ko‘magisiz qolgan onalar va homilador ayollar uchun "Onalar maskani" xizmati yo‘lga qo‘yilib, "Onalar maskani"da onalar va ularning bolalari vaqtincha 1 yilgacha bo‘lgan muddatda boshpana bilan ta’minlanadi, ijtimoiy va psixologik yordam ko‘rsatilib, ularni kasbga tayyorlashadi va bandligiga ko‘maklashiladi.  

Shuni ta’kidlash joizki, farmonga ko‘ra, yana oilaviy bolalar uyini tashkil etish uchun oilaning er va xotindan iborat to‘liq oila bo‘lishi talabi bekor qilinadi hamda 30 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga oilaviy bolalar uyini tashkil etishga ruxsat etiladi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar oilaga tarbiyaga (patronat) faqat ularning qarindoshlariga beriladi.  

2025 yil 1 martdan boshlab esa yolg‘iz ona (ota)ga bir nafar farzandi uchun bola 3 yoshga to‘lguniga qadar maktabgacha ta’lim xizmatidan foydalanish uchun BHM ning 1 baravarigacha moddiy yordam beriladi. Agar ular egizak bo‘lsa, ularning har biri uchun beriladi.  

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
1 martdan boshlab yolg‘iz onalarga farzandi 3 yoshga to‘lguniga qadar moddiy yordam beriladi