Ijtimoiy himoya milliy agentligi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda “Idoralararo samarali hamkorlik: oilaviy zo‘ravonlik jabrlanuvchilarini himoya qilishning asosiy sharti” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida oilaviy zo‘ravonlik jabrlanuvchilarini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, jabrlanuvchilarni himoya qilishda idoralararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Xususan, Agentlik tomonidan shu yil 10 maydagi “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori haqida ma’lumot berildi. Endilikda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga “oila-mahalla-tuman va hudud” tamoyili asosida kompleks ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladi.  

2024 yil 1 iyundan boshlab “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida ijtimoiy, psixologik va yuridik xizmatlar ko‘rsatiladi. Ichki ishlar organlarining “102” raqami bilan xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holati bo‘yicha kelib tushadigan murojaatlar ro‘yxatga olinadi hamda tazyiq va zo‘ravonlik holatida 24 soat davomida qilinishi zarur bo‘lgan harakatlar ketma-ketligi yo‘lga qo‘yilmoqda.  

Bundan tashqari, tadbirda Vazirlar Mahkamasining “Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama etildi. Bu qaror loyihasi, o‘z navbatida, yuqorida qayd etilgan Prezident qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. E’tiborga molik jihati, ushbu qaror bilan tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti hamda markaziy tuman (shahar) shifoxonalarining shoshilinch qabul bo‘limlarida birlamchi ko‘mak xonalarini tashkil etish va ularni jihozlash bo‘yicha minimal talablar qabul qilinishi kutilmoqda.  

Ta’kidlash joizki, BMT Taraqqiyot dasturi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Davra suhbatida BMT TD vakillari tomonidan ushbu hamkorlikka urg‘u berilib, ayollar uchun odil sudlovning erishimligini oshirish yuzasidan qonunchilik ijrosining asosiy jihatlari taqdimot ko‘rinishida yoritib berildi. BMT Aholishunoslik fondi esa oilaviy zo‘ravonlikdan omon qolganlarga xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha standart tartib-taomillar, muvofiqlashtirilgan nogironlik bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish hamda tajovuzkorlar bilan ishlash dasturiga oid ma’lumotlarni havola etdi.  

Tadbir davomida fuqarolik jamiyati, NNT vakillari ham xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha qimmatli ma’lumotlar va taqdimotlari bilan bo‘lishishdi. Xususan, Latviyaning “Marta Cyenter” NNT tomonidan oilaviy zo‘ravonlik keys-menejmenti bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajriba, O‘zbekistonning “Oydin nur” NNT tomonidan fuqarolik jamiyati tomonidan boshqariladigan boshpanalarning oilaviy zo‘ravonlik qurbonlariga xizmat ko‘rsatishida duch kelinadigan muammolar haqida ma’lumotlar berildi. “Sharoit Plyus” NNT vakili esa oilaviy zo‘ravonlikdan omon qolganlarga xizmat ko‘rsatishda inklyuzivlik istiqbollari yuzasidan chiqish qildi.  

Davra suhbatida ishtirokchilar tomonidan ma’muriy reglament loyihasi yuzasidan berilgan taklif-tavsiyalar kelgusida ijtimoiy himoya tizimini yanada takomillashtirishda xizmat qiladi.  

Sh.Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
1 iyundan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida ijtimoiy, psixologik va yuridik xizmatlar ko‘rsatiladi