“Formula uyuta”ning xaridorgir mebellari
Navoiy shahridagi “Formula uyuta” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqarilayotgan mebellar sifati, bejirimligi va chiroyli dizayni bilan xaridorlarga manzur bo‘lmoqda.
Navoiy shahridagi “Formula uyuta” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqarilayotgan mebellar sifati, bejirimligi va chiroyli dizayni bilan xaridorlarga manzur bo‘lmoqda.Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, soha vakillari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimizning 2014-yil 15-apreldagi “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.
Mebelsozlikka ixtisoslashgan mazkur jamiyatda o‘tgan yili 500 million so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi.Joriy yildan yangi binoda ish boshlagan korxona davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyat va imtiyozlardan samarali foydalanib, ishlab chiqarish hajmini oshirmoqda.
– Mehmonxona uchun zamonaviy yumshoq o‘rindiqlar ishlab chiqarishni ham yo‘lga qo‘ydik, – deydi korxona rahbari O.Abdullayev. – Asosan yoshlar mehnat qilayotgan korxonamiz mahsulotlari – yotoqxona, oshxona hamda ofislar uchun mo‘ljallangan mebellar xorijnikidan qolishmaydi.
Modernizatsiya raqobatning asosiy talabi ekanini yaxshi anglagan MChJ ishchilari joriy yilda korxonagaeng so‘nggi texnologiyalarni keltirishni rejalashtirmoqda. Bu ish amalga oshsa, yanada sifatli va yangi turdagi mahsulotlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilib, o‘nlab qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi.