"Ziyoli kun" yoshlar festivali o‘tkazildi
Toshkent shahrida Ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish «Ziyo Forum» fondi tomonidan «Ziyoli kun» yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirish, ularni ilhomlantirish hamda zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlashga qaratilgan. Festival doirasida ishtirokchilar taniqli mutaxassislar, blogerlar va ta’lim sohasi vakillari bilan uchrashib, ma’ruza, master-klass va interaktiv sessiyalarda qatnashish imkoniga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, tadbir davomida turli ko‘ngilochar dasturlar va netvorking imkoniyatlari yaratildi. «Ziyoli kun» festivali 1000 nafardan ziyod yoshlarni birlashtirib, ularning bilim va tajriba almashishi uchun muhim maydonga aylandi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/sQBVEtw3bC8" title=""Ziyoli kun" yoshlar festivali o`tkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin Nuriddinov, O‘zA