Zidan "Oltin to‘p" haqida: Messi yana yutsa, hayron bo‘lmayman
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Oltin to‘p" uchun nomzodlar qatoridan joy olgan Lionel Messini qo‘llab-quvvatladi. Fransiyalik mutaxassisning fikricha, argentinalik futbolchi nufuzli individual sovrinni yana bir bor qo‘lga kiritsa, bu ajablanarli holat bo‘lmaydi.
"Messi va "Oltin to‘p"? Men unga 100-marta ovoz bergan bo‘lardim. Messi bu sovrinni yana qo‘lga kiritsa, bundan umuman hayron bo‘lmayman. Agar kimdir hali ham barcha davrlarning eng buyuk futbolchisi kim ekaniga shubha qilsa, ochig‘ini aytsam, bunday insonga futbol jamiyatida joy yo‘q", — deya Zidanning so‘zlarini The Touchline keltirdi.
Messi 2026-yilgi "Oltin to‘p" uchun e’lon qilingan 30 nafar da’vogar orasidan joy olgan. Argentinalik futbolchi faoliyati davomida ushbu mukofotni sakkiz marta qo‘lga kiritgan va bu borada rekordchi hisoblanadi.
2026-yilgi "Oltin to‘p" sohibi 26-oktabr kuni e’lon qilinadi.
O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
Ulug‘bek Hoshimov, O‘zA