Zelenskiy va Putin uchrashishi mumkin
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan navbatdagi tinchlik muzokarasi 24 iyul kuni Istanbulda o‘tkazilishini ma’lum qildi.
BBC xabariga ko‘ra, Ukraina Xavfsizlik kengashi kotibi Rustem Umerov muloqotga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Kun tartibidan asirlar almashinuvi va ehtimoliy Zelenskiy – Putin uchrashuvi o‘rin olgan.
Ushbu qaror Zelenskiyning dam olish kunlari bildirgan taklifidan so‘ng, Donald Tramp tomonidan Rossiyaga qarshi sanksiya bilan tahdid qilingandan keyin e’lon qilindi. Shuningdek, Vashington Ukrainaning mudofaa imkoniyatini mustahkamlash uchun yangi qurol yetkazib berishni ham va’da qilgan.
RF bu borada hozircha izoh bergani yo‘q. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov avvalroq tomonlar pozitsiyasi keskin farq qilishi, yaqin orada muhim o‘zgarishlar bo‘lmasligini aytgan.
Musulmon Ziyo, O‘zA