Zelenskiy: Ukraina, Rossiya va AQSH o‘rtasidagi yangi muzokaralar BAAda o‘tishi mumkin (+video)
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina, Rossiyaova AQSH vakillarining navbatdagi uchrashuvi mart oyining boshida Abu Dabi shahrida bo‘lib o‘tishi mumkinligini aytdi, deb xabar berdi DW nashri.
Zelenskiy Ukraina va AQSH delegatsiyalari o‘rtasida Jenevada bo‘lib o‘tgan maslahatlashuvlar haqida ham fikr bildirdi. Uning aytishicha, “haqiqiy xavfsizlik kafolatlariga erishish uchun yetakchilar darajasida uchrashuv bo‘lishi kerak. Aynan shunday formatdagi uchrashuvurushni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarda hal qiluvchi rol o‘ynashi mumkin”.
AQSHning Axios nashri 26-fevral kuni "Oq uy"dagi manbasiga tayanib xabar berishicha, Donald Tramp Zelenskiy bilan telefon orqali suhbatda Ukrainadagi urushni imkoni boricha tezroq, hatto bir oy ichida tugatishni istashini aytgan. Bu suhbat Rossiya – Ukraina urushi boshlanganiga to‘rt yil to‘lganidan keyingi kuni bo‘lib o‘tgan.
Xabarga ko‘ra, Zelenskiy suhbat davomida Ukrainaga ko‘rsatilayotgan yordam uchun minnatdorlik bildirgan va Putinni urushni to‘xtatishga faqat Tramp majbur qila olishini ta’kidlagan. Tramp esa o‘z navbatida, ehtimoliy tinchlik kelishuvi doirasida AQSH Ukrainaga “muhim xavfsizlik kafolatlari” berishga tayyorligini aytgan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/QJBodowQrEM" title="Zelenskiy: Ukraina, Rossiya va AQSH o‘rtasidagi yangi muzokaralar BAAda o‘tishi mumkin" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA