Zamonaviy ziyo maskani
Nukus shahar Yoshlar markazi qoshidagi axborot-resurs markazi doimo kitobxonlar bilan gavjum.
Nukus shahar Yoshlar markazi qoshidagi axborot-resurs markazi doimo kitobxonlar bilan gavjum.Ma’naviyat maskanining 5 mingdan ziyod kitob fondidan badiiy, ijtimoiy-siyosiy va ilmiy adabiyotlar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar o‘rin olgan. Kitobxonlarga zamonaviy xizmat ko‘rsatiladi. Taniqli shoir va yozuvchilar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuv va davra suhbatlari o‘tkazish muntazam yo‘lga qo‘yilgan.