«Zakovat» maydonida jurnalist va ma’rifatchilar bellashdi
FOTOREPORTAJ
Namangan Yoshlar markazida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining viloyat bo‘limi, Majburiy ijro byurosi va Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmalari hamkorligida jurnalist va blogerlar, axborot xizmatlari rahbarlari, yoshlar hamda faxriylar ishtirokida «Zakovat» intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Tadbirda ommaviy axborot vositalari xodimlarining jamiyat hayotidagi o‘rni, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni keng yoritishdagi mas’uliyati, jurnalist va blogerlarning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq masalalar haqida so‘z yuritildi
Qizg‘in bellashuv yakuniga ko‘ra, «O‘zbekchilik» jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rin Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limining «Ma’rifat ziyosi» jamoasiga, uchinchi o‘rin esa «Namangan haqiqati» gazetasining «Haqiqat» jamoasiga nasib etdi.
[gallery-31676]
G‘olib va sovrindor jamoalar munosib taqdirlandi.
Tadbir doirasida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zoligiga qabul qilingan bir guruh ommaviy axborot vositalari xodimlariga a’zolik guvohnomalari ham tantanali ravishda topshirildi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA