Yurtdoshimiz yana shohsupada
Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda velosportchilarimiz Belgiyada tashkil etilgan “International Belgian Track Meeting” xalqaro turnirida ishtirok etishmoqda.
Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda velosportchilarimiz Belgiyada tashkil etilgan “International Belgian Track Meeting” xalqaro turnirida ishtirok etishmoqda.
Kecha terma jamoamiz aʼzosi Olga Zabelinskaya Point Race poygalarida ochkolar hisobiga koʻra gʻalaba qozondi va mamlakatimiz sport delegatsiyasi hisobiga navbatdagi oltin medalni qoʻshib qoʻydi. Ikkinchi oʻringa mezbon sportchi Jyulyen Dʻor (34 ochko) sazovor boʻldi. Kuchli uchlikka fransiyalik Viktuar Berto (31 ochko) yakun yasab berdi.
Eslatib oʻtamiz, Olga Zabelinskaya bir kun avval omnium yoʻnalishida oʻtkazilgan poygalarda ham 192 ochko toʻplagan holda oltin medal sohibiga aylangandi.
Taʼkidlash kerak, “International Belgian Track Meeting” xalqaro turniri Tokio-2020 yozgi olimpiada oʻyinlari uchun muhim boʻlgan reyting ochkolarini taqdim etadi.