YTH oqibatida mashina va haydovchi yonib ketdi
Jizzax viloyati Zomin tumani hududidan o‘tgan Qo‘qon – Jizzax A-376 yo‘lining 256-kilometrida “Nexia” rusumli avtomobil “Zil-138” yuk avtotransport vositasi bilan to‘qnashib ketishi tufayli yo‘l transport hodisasi sodir etildi.
Ushbu YTHga “Nexia” haydovchisining rul boshqaruvida uxlab qolishi natijasida “Zil-138” yukmashinasining yo‘liga chiqib ketishi sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Yo‘l transport hodisasi oqibatda Zomin tumani “Beshyuz” qishloq fuqarolar yig‘inida istiqomat qilgan B.O‘. boshqaruvidagi “Nexia” to‘liq yonib ketgan. Haydovchini avtoulovdan chiqarib olishning iloji bo‘lmagan va u voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.
Ushbu YTH holati yuzasidan huquq-tartibot idoralari mutasaddilari jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
A.Qayumov, O‘zA