Yozuvchi-shoirlar yoshlar bilan uchrashdi
mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik hamda sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Yurtimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish orqali yoshlarning intellektual salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish maqsadida oliy ta’lim muassasalari, maktablar va mahallalarda "Ma’rifat ulashib" loyihasi bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu loyiha doirasida hujjat ishlab chiqilgan bo‘lib, dastur doirasida oliy ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari va mahallalar hamkorligida ziyoli, qalam ahli bo‘lgan shoir-u yozuvchilar ta’lim muassasasiga taklif etilib, o‘quvchi yoshlar hamda talabalar bilan davra suhbatlari tashkil etilmoqda.
Shunday tadbirlardan biri Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida bo‘lib o‘tdi. Tadbir avvalida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Abdunabi Boyqo‘ziyev hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati bo‘limi boshlig‘i Fozil Farhod “Yashil makon” loyihasi doirasida filial hududiga daraxt ko‘chatlari ekishdi.
So‘ngra mehmonlar talabalar bilan uchrashdi. Tadbirda professor Alisher Samadov so‘zga chiqib, talabalarga mehmonlarni tanishtirdi hamda taniqli shoir Abdunabi Boyqo‘ziyevga so‘z navbatini berdi.
Shoir o‘z hayoti va ijod yo‘li haqida tadbir ishtirokchilariga so‘zlab berish bilan birga ijod namunalaridan ularni bahramand qildi. Shuningdek, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati bo‘limi boshlig‘i Fozil Farhod ham ijodiy muhit, kitob mutolaasi, ijodkorlar hayoti, bugunning adiblari xususida qiziqarli ma’lumotlar bilan ulashdi va tinglovchilarga o‘zining "Abdulla Qodiriy", «Ichikish» va "Men og‘ochman" she’rlarini o‘qib berdi.
Suhbat davomida mehmonlar o‘z qalamlariga mansub she’rlarni havola etish bilan birga, TDTU Olmaliq filiali ijodkor talabasi, Navro‘z ayyomi munosabati bilan “Xush kelding, fasli bahor!” mavzusida o‘tkazilgan she’rlar tanlovi g‘olibasi Dilshoda Sattorovaning ijod namunalaridan bahramand bo‘ldi. Filial direktori Alisher Samadov tashabbusi tashkil etilgan ushbu tanlov g‘olibasi pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Uyg‘oq qalb va teran tafakkur sohiblari bo‘lmish shoirlar bilan o‘kazilgan ijodiy uchrashuv nazm ixlosmandlariga estetik zavq ulashdi.
"Ma’rifat ulashib" loyihasi mehmonlarining keyingi manzili filialning hamkor maktablaridan biri bo‘lgan Olmaliq shahridagi 19-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi bo‘ldi. Ijodkorlar avvaliga maktab hovlisiga ko‘chat ekishdi. So‘ngra faollar zalida shahardagi bir qancha maktablar o‘quvchilari bilan uchrashdi.
Hayotni ko‘p ko‘rgan ustozlar hamda yosh ijodkorlar bilan uyg‘unlikda tashkil etilgan uchrashuvdagi ma’ruzalar, samimiy muloqotlar yoshlarga vatanparvarlik hislarini singdirish, ularda yot g‘oyalarga nisbatan immunitet shakllantirishga xizmat qiladi.
Begzod Jamiyev,
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari