Yozgi ta’til mazmunli tashkil etilmoqda (video)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli “Barkamol avlod” bolalar maktabida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan 44 ta to‘garakda 1 ming 238 nafar o‘quvchi ta’til kunlarini mazmunli o‘tkazmoqda.
Maktab jamoasi to‘garaklardagi sharoit va imkoniyatlarni yaxshilash, moddiy-texnik bazani oshirishga katta e’tibor qaratmoqda. Jumladan, jamoa 2023 yilda “Ochiq byudjet” tanlovida o‘z loyihasi bilan qatnashib, 100 million so‘m, 2024 yilda esa 450 million sӯm mablag‘ yutib oldi. Ushbu mablag‘lar hisobidan muassasa yangi zamonaviy kompyuterlar, rangli printer, proyektor, faollar zali uchun o‘rindiqlar, konditsioner, yangi o‘quv partalari, jalyuzi pardalar, robototexnika qurilmalari to‘plami, lego konstruktorlik to‘plami jamlanmasi, interaktiv doska kabi jihoz va buyumlar bilan ta’minlandi.
[gallery-23846]
Ayni yozgi ta’til kunlari o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan “Yoz-2025” konsepsiyasi va “Dolzarb 90 kunlik reja” asosida bu yerda to‘garaklarni rivojlantirishga qaratilgan loyiha va tanlovlar tashkil etilmoqda.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/BTuTo6pbGYA?si=6N4pgMcutIoB-n1n" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Maqsad HABIBULLAEV(surat,video),O‘zA