Yoshlarning qiziqish va intilishlari doimo e’tiborda
Xabaringiz bor, «Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qaroriga ko‘ra, yurtimizdagi mahallalarda yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etilgan edi.
Barcha mahallalarda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning qiziqish va intilishlarini yanada mustahkamlash maqsadida yoshlar yetakchilari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Toshkent shahar Shayxontohur tumani «Chaqar» MFYda bugun 7 ming 341 nafar fuqaro istiqomat qilib, shulardan 2 ming 570 nafari yoshlardir.
Chaqar mahallasining yoshlar yetakchisi Zulfiya Mahmudovaning aytishicha, bugun mahala yoshlari hunarmandchilikdan tortib tadbirkorlik sohasigacha o‘zlarini sinab ko‘rishmoqda. Shuningdek, mahalla yoshlari san’at va madaniyat, sport sohalarida ham o‘z iqtidorlarini namoyish etib kelmoqda.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA