Yoshlarning o‘qishga intilishi tobora ortmoqda
Yurtimizdagi qator maktablar bitiruvchi yoshlari oliy ta’lim maskanlariga kirish bo‘yicha yuqori natijalar qayd etmoqda. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanidagi 36-sonli maktabning 25 nafar bitiruvchining barchasi oliy ta’lim muassasalari talabasi bo‘ldi.
Sirdaryo viloyati, Guliston tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatini 2025/2026 o‘quv yilida ta’lim dargohini tamomlagan 35 nafar bitiruvchining barchasi (100 foiz) oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilindi.

Sirdaryo viloyati, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Guliston filialining 2026-yilgi 19 nafar bitiruvchisining barchasi talaba bo‘ldi.
Shuningdek, Farg‘ona shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 2026-yilgi 55 nafar bitiruvchisining barchasi oliy ta’lim muassasalari o‘qishga kirishdi.

Bularning bari mamlakatimizda ta’lim sifatini oshirish, yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish borasidagi ezgu tashabbuslarning amaliy natijasidir.
N.Usmonova, O‘zA